Keniyada aholi soliqlar oshishiga qarshi chiqdi: parlamentga o‘t qo‘yildi, politsiya fuqarolarga qarata o‘t ochdi
Keniyaning o‘nlab shaharlarida yuz minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi. Ular soliqlarni oshirish bo‘yicha yangi qonunga qarshi chiqmoqda. Politsiya o‘t ochdi, natijada bir necha kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar yaralandi.

Foto: AP
Keniyada bahsli soliq islohotlariga qarshi namoyishlar avj oldi. Tinch tarzda boshlangan namoyishlar 25 iyun, seshanba kuni zo‘ravonlikka aylandi: tushdan keyin yuzlab namoyishchilar poytaxt Nayrobidagi parlament binosiga bostirib kirishdi. Namoyishchilar to‘siqlarni buzib, bir necha joyda binoga o‘t qo‘ydi, mebellarni vayron qildi. Mahalliy matbuotning yozishicha, parlament a’zolari yerto‘ladagi o‘tish joylari orqali qochishga majbur bo‘lgan.
Daily Nation gazetasiga ko‘ra, politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan, shuningdek, namoyishchilarga qarata o‘t ochgan. Birgina poytaxtning o‘zida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab kishilar yaralangan. Ta’kidlanishicha, qurbonlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q, shuning uchun ularning soni ortishi mumkin.
Keniyaning turli shaharlarida hukumat binolariga o‘t qo‘yildi
Kechqurun Nayrobidagi mintaqaviy hukumat binosi ham yoqib yuborilgan va qisman talon-toroj qilingan. Mamlakatning boshqa hududlaridan hukumat binolari, deputatlar idoralari va transport vositalari talon-toroj qilingani va o‘t qo‘yilgani, tinch namoyishlar o‘tkazilgani haqida xabarlar kelib tushdi. Seshanba kuni uchinchi o‘qishda qabul qilingan yangi soliq qonuniga qarshi norozilik uchun Sharqiy Afrika mamlakatining 30 dan ortiq shahrida yuz minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Deputatlarning uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz berdi va endi hujjat mamlakat prezidenti Uilyam Rutoga imzolash uchun taqdim etiladi.
Qonunda davlat g‘aznasini to‘ldirish maqsadida amaldagi soliqlarni ko‘paytirish va yangilarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Ko‘pgina tanqidchilar, jumladan, biznes vakillari va cherkov rahbarlari, bu narxlarning nazoratsiz o‘sishiga olib kelishi va sotib olish qobiliyati pasayishi sharoitida korxonalar sezilarli yo‘qotishlarga uchrashidan xavotirda.
O‘tgan hafta boshlangan norozilik namoyishlari chog‘ida aksar yoshlardan iborat namoyishchilar Keniyadagi korrupsiyaga qarshi chiqishmoqda va davlat rahbari Rutoning iste’foga chiqishi va funksional davlat boshqaruvi yaratilishini talab qilmoqda.
G‘arbning 13 davlati Keniyadagi vaziyatdan xavotir bildirdi. Qo‘shma bayonot e’lon qilgan davlatlar qatorida Britaniya, Germaniya, Kanada va AQSh ham bor.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi

00:31 / 24.04.2025
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda

20:00 / 16.04.2025
Keniyada 5 mingta chumolini to‘plagan belgiyalik o‘smirlar hibsga olindi

10:11 / 28.03.2025