Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yetishtirilgan mahsulotlar Polsha orqali Yevropa bozorlariga sotiladi
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani tadbirkorlari Polshaga qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va tekstil mahsulotlarini yetkazib beradi.

Foto: Dunyo
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdialiyev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Polshada bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Tashrif davomida Polsha rasmiy doira vakillari, ishbilarmonlar, yirik korxona egalari bilan muzokaralar o‘tkazildi. O‘zbekiston-Polsha tadbirkorlari uyushmasi bilan birgalikda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Oltiariq tumani vakillari tomonidan hududning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati bo‘yicha taqdimot qilindi.
Tadbir yakunida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida V2V uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda 15 million AQSh dollarga teng qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va tekstil mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Polsha – Osiyo savdo palatasi prezidenti Yanush Pixochinski bilan kechgan muloqotda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Varshava shahridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa davlatlari bo‘ylab yetkazib beruvchi EWA-BIS MChJ rahbari Marek Marzes bilan uchrashuvda esa Farg‘ona viloyati va Oltiariq tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Polsha orqali Yevropa bozorlariga sotishga to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya X ijtimoiy tarmog‘iga jinoiy ish ochdi
Jahon | 17:05
-
VALVOLINE – Konferensiya 2025: FIFA Jahon Chempionati, FORMULA 1, Gollandiyaga sayohat
O‘zbekiston | 17:00
-
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi
Fan-texnika | 16:48
Mavzuga oid

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

09:20 / 06.07.2025