Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zsuvta’minot»ga yangi rahbar tayinlandi
Ahmad Suvonqulov «O‘zsuvta’minot» boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Ahmad Xudoyshukurovich Suvonqulov «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ahmad Suvonqulov 1968 yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, Toshkent davlat texnika universiteti (1994) hamda Toshkent moliya institutini (2009) tamomlagan.
Turli yillarda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tasarrufidagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi»ning qurilish bo‘yicha xarid va loyihaoldi hujjatlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-2021 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan.
Mazkur tayinlovgacha Surxondaryo viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, «O‘zsuvta’minot» rahbarligi 2023 yil iyul oyida Dilshod Azimovga topshirilgandi. U 2024 yil may oyida lavozimidan ozod etilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:20 / 07.08.2025
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025