Vovchansk shturmi davom etmoqda, Moskvada harbiy ko‘rgazma. Urush suratlari

Ukrainada urushning 846-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Putin KXDRga tashrif buyurdi.
- Armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatgani uchun qamalgan siyosatchi Ilya Yashin kamer tipidagi xonaga o‘tkazilgan.
- «Mediazona»: Ukrainada urush boshlanganidan buyon 10 mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashda ayblangan.
- Tartusk universiteti sobiq professori Vyacheslav Morozov Estoniyada Rossiya foydasiga josuslik qilishda aybdor deb topilib, olti yil muddatga qamaldi.
- Moskvada sud Oliy rada deputati Oleksiy Goncharenkoni sirtdan o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
- NATO bosh kotibi Xitoyni urushda Rossiyaga texnologiyalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish oqibatlaridan ogohlantirdi.
- Putin Shimoliy Koreya gazetasi uchun yozgan maqolasida KXDRga Rossiyaning Ukrainadagi bosqinida «ko‘rsatilgan yordam uchun» minnatdorchilik bildirdi.
- Rostov oblasti Azov shahrida dron neft mahsulotlari saqlanuvchi rezervuarga hujum uyushtirdi.
Moskvada «Barchasi g‘alaba uchun!» fondi ko‘rgazmasi
Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX)da 18 iyun kuni Ukrainaga bosqin ishtirokchilariga yordam ko‘rsatuvchi «Barchasi g‘alaba uchun!» fondining ikki yillik faoliyati sharafiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Gleb Shchelkunov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Gleb Shchelkunov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Gleb SHCHelkunov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Vladimir Putin Shimoliy Koreyada
RF prezidenti Vladimir Putin 18-19 iyun kunlari KXDRga tashrifini amalga oshirmoqda. Safar oldidan u mahalliy «Nodon sinmun» gazetasi uchun maqola yozgan, unda boshqa gaplar qatorida Shimoliy Koreyaga Ukrainadagi urushda ko‘rsatilgan «kuchli qo‘llov» uchun minnatdorchilik bildirgan. Putinning tashrifi munosabati bilan Pxenyan ko‘chalarida uning portretlari va Rossiya bayroqlari ilingan. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In RF prezidentini kutib olish uchun shaxsan aeroportga tashrif buyurdi. Oldinroq G‘arb nashrlari yozganidek, KXDR Rossiyaga Ukrainaga bosqin uchun qurol va o‘q-dorilar yetkazib bergan.

Gavriil Grigorov / Sputnik / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari jangchisi Donetsk oblastida o‘q otish mashqlarida

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Vovchansk atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Xarkiv oblastida Rossiya qo‘shini bir necha haftadan buyon egallashga harakat qilayotgan Vovchansk shahri atrofida boshqa bo‘linmalar qatorida 57-alohida motopiyodalar brigadasi ham mudofaalanmoqda.

Nikoletta Stoyanova / Getty Images

Nikoletta Stoyanova / Getty Images

Nikoletta Stoyanova / Getty Images
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
Mavzuga oid

14:30 / 05.07.2025
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45 / 05.07.2025
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025