Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya shaharlaridan Toshkent orqali boshqa davlatlarga bog‘lovchi reyslar tashkil etiladi
Moskvada turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha Rossiya–O‘zbekiston quyi qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: uzbektourism.uz
Moskvada turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha Rossiya–O‘zbekiston quyi qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Tadbirni O‘zbekiston Turizm qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Vaxrukov olib bordi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, xususan, avval qabul qilingan qaror va hujjatlar ijrosi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sayyohlik oqimini ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hukumatlararo harakatlar rejasi hamda ikki davlat o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi muhokama qilindi.
Shuningdek, Rossiya shaharlaridan Toshkent orqali boshqa davlatlarga bog‘lovchi reyslarni tashkil etish va 2024-2025 yillarda Rossiyada "O‘zbekiston turizm yili"ni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2024 yilning birinchi choragidagi sayyohlik oqimi ko‘rsatkichi 2023 yilga qaraganda 20 foizdan ko‘proqqa oshdi", – deb ta’kidladi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Vaxrukov.
Uchrashuv yakunida turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya quyi qo‘mita yig‘ilishining bayonnomasi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi
O‘zbekiston | 17:01
-
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi
O‘zbekiston | 16:53
-
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi
O‘zbekiston | 16:44
Mavzuga oid

16:48
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

16:33
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi

15:26
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi

15:24