Toshkentda bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar o‘rtasidagi janjalda ikki kishi jarohat oldi
Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 16 iyun kuni taxminan soat 21:00 larda Bektemir tumani Chashma mahallasida istiqomat qiluvchi bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan.
Natijada ikki nafar fuqaro yengil darajadagi jarohat olgan. Janjalni ko‘rgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgan.
Mavzuga oid

11:06
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

10:11
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

21:17 / 03.07.2025