O‘zbekiston | 18:37 / 14.06.2024
3007
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Dehli o‘rtasida parvozlar soni oshiriladi

Avgust oyidan O‘zbekiston poytaxti va Hindiston poytaxti o‘rtasida har kuni parvoz qilish mumkin bo‘ladi. 

Foto: Uzbekistan Airports

17 avgustdan Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar sonini haftasiga 4 martadan 7 martagacha oshirmoqda. Parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi. 

IndiGo aviakompaniyasi 2023 yil 22 sentabrdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Hozir Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. 

IndiGo - bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Mavzuga oid