O‘zbekiston va Janubiy Koreya birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Ziroat Mirziyoyeva va Kim Kon Xi xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston-Koreya sammiti doirasida O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Janubiy Koreya birinchi xonimi Kim Kon Xi bilan uchrashdi.
Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat davomida xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’at ustalarining ijod namunalari bilan tanishdi, xalq an’ana va urf-odatlari namoyish etildi.
Mavzuga oid

12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi

16:52 / 08.03.2025
Janubiy Koreya prezidenti tergov izolyatoridan ozod etildi

14:07 / 07.03.2025
Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish orderi bekor qilindi

12:20 / 06.03.2025