Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi qoidalariga qo‘shimchalar kiritilmoqda
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga kiritilayotgan qo‘shimchalarga muvofiq:
- yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni chiqarishga yo‘l qo‘yiladi;
- yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
- Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoxud Yevropa qimmatli qog‘ozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi bo‘yicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik to‘g‘risidagi xulosa nusxasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi;
- korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan foydalanish maqsadi va ularning O‘zbekiston milliy “yashil” taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi bo‘yicha emitent rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
Shuningdek, obligatsiya chiqarish to‘g‘risidagi qaror va emissiya risolasida:
- obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablag‘larni milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi to‘g‘risida ma’lumot;
- milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) to‘g‘risida ma’lumot;
- yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan xorijdan ko‘plab samimiy qutlovlarni oldi
O‘zbekiston | 19:26
Mavzuga oid

11:29 / 14.03.2025
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi

15:34 / 27.01.2025
Jahon obligatsiya bozorida inqiroz: nega bunday bo‘lyapti?

19:50 / 29.05.2024
O‘zbekiston jahon bozoriga obligatsiya chiqardi, bu nimani anglatadi?

14:43 / 22.05.2024