Sloveniya Falastin davlatini tan oldi
Ovoz berishda qatnashgan 53 deputatdan 52 nafari Falastin mustaqilligini tan olishni yoqlab chiqqan, 90 o‘rinli Sloveniya parlamentining muxolifat bloki yig‘ilishni boykot qilgan.

Foto: AFP
Sloveniya parlamenti Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. 4 iyun, seshanba kuni ovoz berishda qatnashgan 53 deputatdan 52 nafari buni yoqlab chiqdi, 90 o‘rinli mamlakat parlamentining muxolifat bloki yig‘ilishni boykot qildi. Sloveniya shu tariqa may oyi oxirida mustaqil Falastin davlatini rasman tan olgan Norvegiya, Ispaniya va Irlandiyadan keyin shunday yo‘l tutdi.
Ovoz berishdan bir kun oldin muxolifatdagi Sloveniya demokratik partiyasi (SDS) raisi Yanez Yansa Falastinni tan olish bo‘yicha referendum o‘tkazishni talab qilib, bu qaror Lyublyanaga uzoq muddatda zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq, seshanba kuni ertalab SDS referendum taklifini qaytarib oldi.
Sloveniya hukumati rahbari Robert Golob Falastin davlatchiligining tan olinishini «G‘arbiy sohil va G‘azo sektoridagi Falastin xalqi uchun umid chirog‘i» deb atadi.
Avvalroq Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Sloveniya parlamenti deputatlari Falastin davlatini tan olishdan bosh tortishiga umid bildirgandi. «Sloveniya hukumatining parlamentga Falastin davlatini tan olishni tavsiya etish haqidagi qarori HAMAS uchun mukofotdir. Umid qilamanki, Sloveniya parlamenti bu tavsiyani rad etadi», — deb yozdi Kats 30 may, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 36 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
-
Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi
Jamiyat | 23:20 / 09.06.2025
Mavzuga oid

09:19 / 09.06.2025
Isroilda Tunberg bo‘lgan kemani G‘azoga kiritmaslik haqida buyruq berildi

11:35 / 07.06.2025
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar

13:09 / 04.06.2025
BMT: Isroilning G‘azodagi tinch aholiga hujumi urush jinoyati bo‘lishi mumkin

15:05 / 03.06.2025