Oleg Kononenko koinotda jami ming kun o‘tkazgan birinchi kosmonavt bo‘ldi
Parvozi yakuniga yetgach, uning rekordi 1110 kunni tashkil qiladi.

Foto: TASS
Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko Yer orbitasida ming kunni o‘tkazgan dunyodagi birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda «Roskosmos» korporatsiyasiga tayanib TASS xabar berdi.
«Bugun «Roskosmos» kosmonavti Oleg Kononenko Xalqaro kosmik stansiyada ishlagan holda dunyoda birinchi marta kosmik parvozlarining umumiy davomiyligi 1 ming kunga yetdi», deyiladi xabarda.
Kononenko o‘z faoliyatidagi beshinchi kosmik parvozini amalga oshirmoqda. 4 fevral kuni u beshta missiya (1998 yildan 2015 yilgacha) davomida jami 878 kun 11 soat 29 daqiqa 48 soniya davomida koinotda bo‘lgan rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalkaning rekordini yangilagan edi. Iyun oyida u koinotda o‘zining 60 yillik yubileyini nishonlaydi. Parvozi yakuniga yetgach, uning rekordi 1110 kunni tashkil qiladi.
Oleg Kononenko 1964 yil 21 iyunda Turkmanistonning Chorjo‘y (hozirgi Turkmanobod) shahrida tug‘ilgan. U 2008 yil aprel oyida «Soyuz TMA-12» kosmik kemasida Xalqaro kosmik stansiyasiga (XKS) birinchi parvozini amalga oshirdi. Kononenko Rossiya va Turkmaniston qahramoni unvoniga ega.
Mavzuga oid

00:10
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:25 / 12.03.2025
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24 / 12.03.2025