Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Rossiya fevral oyidan beri birinchi marta asirlarni almashdi
Kiyev 75 nafar Ukraina fuqarosini Rossiya asirligidan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya Qurolli kuchlari tarkibida Ukrainaga hujum paytida asirga olingan 75 kishi ham Rossiyaga topshirildi. Tomonlar o‘lganlarning jasadlarini ham almashgan.

Foto: Reuters
Ukraina va Rossiya joriy yilning fevral oyidan beri birinchi asirlar almashinuvini amalga oshirdi: har bir mamlakatning 75 nafar fuqarosi vataniga qaytdi. Bu haqda har ikki tomon 31 may, juma kuni ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zining Telegram-kanalida yozganidek, «asirlikda o‘lim xavfiga duch kelgan 75 nafar rossiyalik harbiy» Rossiyaga qaytarildi. Ular «Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiyadan o‘tish uchun» harbiy transport samolyotlarida Moskvaga yetkaziladi», deyiladi xabarda. Departament almashinuvga yana Birlashgan Arab Amirliklari vositachilik qilganini ta’kidladi.
Prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina fuqarolarining qaytishi haqida yozdi. «Bugun bizda muhim natija bor: Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy gvardiyasi askarlari, chegarachilar, to‘rt nafar tinch aholi vakillari – jami 75 kishi Ukrainaga qaytdi», — deb yozdi u Telegram’da.
Ukraina Oliy radasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets Facebook’da Ukraina «barcha fuqarolarini o‘z vatanlariga qaytarish niyatini tasdiqlaydi va bu yo‘nalishda ishlamoqda», deb yozdi. Uning aniqlik kiritishicha, kechagi almashinuvni hisobga olgan holda, Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri 3210 nafar ukrainalik vataniga qaytgan. Lubinets, shuningdek, 2022 yilda boshqa «Azovstal» himoyachilari bilan birga rus qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan bolalardan biri va onasi o‘rtasidagi uchrashuv videosini ham e’lon qildi.
Oxirgi marta tomonlar 8 fevral kuni asirlarni almashgan: o‘sha kuni «100 ga 100» formulasi bo‘yicha almashish bo‘lib o‘tdi. Jarayon, Rossiya Mudofaa vazirligi ta’kidlaganidek, BAA vositachiligida amalga oshirilgan.
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini ham almashdi
Ukraina bilan almashinuv doirasida Rossiya tomoni 45 nafar rossiyalik harbiy xizmatchilarning jasadini qabul qildi, dedi Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyev RBK agentligiga. O‘z navbatida, Ukraina harbiy asirlarni davolash bo‘yicha shtabi 212 halok bo‘lganlarning jasadlari Ukrainaga qaytarilgani haqida xabar berdi «O‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini topshirish Jyeneva konvensiyalari normalariga muvofiq amalga oshiriladi», deyiladi bayonotda. Sud-tibbiy ekspertizasi orqali shaxs aniqlangach, jasadlar dafn etish uchun qurbonlarning yaqinlariga topshiriladi.
Avvalgi marta Saraliyev shu kabi almashinuv haqida aprel oyida xabar bergan edi. O‘shanda Moskvaga 23 nafar, Kiyevga esa 99 nafar halok bo‘lgan askarning jasadi qaytarildi, deya aniqlik kiritmoqda RBK.
Rim papasi mart oyida Moskva va Kiyevni barcha asirlarni almashishga chaqirdi
Rim papasi Fransisk 31 mart kuni «Shahar va dunyoga» har yilgi pasxa bayrami munosabati bilan murojaatida Rossiya va Ukrainani «hammani hammaga» formulasidan foydalangan holda asirlarni almashishga chaqirdi. «Xalqaro huquq tamoyillariga rioya etishni talab qilib, men Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi barcha asirlarni umumiy almashishga chaqiraman: hammani hammaga», dedi pontifik.
Oy boshida papa «vaziyatga qaraydigan, xalqni o‘ylaydigan, oq bayroq ko‘tarib, muzokaralar olib borishga jur’at eta oladigan» insonni eng kuchli deb bilishini aytgan edi. Uning so‘zlari Ukraina va Yevropa siyosatchilari orasida tanqidlarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Fransiskning vakili kardinal Petro Parolin, birinchi navbatda, Rossiya tajovuzni to‘xtatishi kerakligini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyotidagi nosozlik bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 21:59
Mavzuga oid

22:40
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi

20:34
Moskvada o‘zbekistonlik erkak uchinchi qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi

18:33
Tramp yangi dedlayn belgiladi – endi Putin o‘t ochishni 10-12 kun ichida to‘xtatishi kerak

18:20