Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi veyp va qizdiriladigan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni joriy qildi

18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 290-sonli qarori bilan tamaki mahsulotlariga texnik reglament tasdiqlandi. Unda veyp va qizdirilagan tamakilar uchun bir qator talablar belgilandi.
Shunday qilib, talablar quyidagilardan iborat: bir marta ishlatiladigan veyp tarkibidagi nikotin o‘z ichiga olgan suyuqlik hajmi 5 ml dan oshmasligi kerak. Veyp kartridjlarida – 2 ml, flakonlarda – 10 ml bo‘lishi lozim.
Texnik reglamentda veyp suyuqliklarida ishlatilishi mumkin bo‘lmagan moddalar ro‘yxati tasdiqlandi. Bular: diasetil, C va Ye vitaminlari, Ye vitamini asetati, kafein, taurin, guarana va boshqalar.
Bundan tashqari, veyp qadoqlarida iste’molchilarni nikotinga qaramlik va ushbu mahsulot iste’moli natijasi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi «qo‘rquvga soluvchi rasmlarni» qo‘llash kerak bo‘ladi.
Veyp suyuqliklarida nikotin miqdori bo‘yicha mavjud cheklov hisobga olingan holda – 1 ml uchun 20 mg qilib O‘zbekistonda belgilanganligi, veyp iste’molchilari xavfsizligini ta’minlab, «har tomonlama» tartibga solinmoqda deb ta’kidlash mumkin.
Shunga o‘xshash talablar (ba’zi tarkibiy qismlardan foydalanishni taqiqlash, «qo‘rquvga soluvchi rasmlar» va boshqalar) texnik reglament qizdiriladigan tamakiga nisbatan ham o‘rnatildi.
Mamlakatdagi barcha veyp va qizdiriladigan tamakilarni sotuvga chiqarishdan oldin majburiy sertifikatlash, ya’ni xavfsizlik va sifatni tasdiqlash jarayoni amalga oshiriladi.
Hujjat 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi va bu tegishli bozorlarda nazoratsiz erkinlikning tugayotganligini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi

15:25 / 19.11.2024