Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz va Asialuxe Travel turoperatori o‘zbekistonliklarni dunyoning turistik shaharlari bilan yaqindan tanishtirib boradi
Tahririyat O‘zbekistondagi eng yirik turoperator – Asialuxe Travel kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani yo‘lga qo‘ydi. Unda o‘zbekistonliklar uchun qulay bo‘lgan dunyoning turli turistik shaharlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berib boriladi. Sayt muxbirlari safar qiladigan ilk shaharlar Turkiyaning Alanya, Bodrum va Dalaman (Marmara va Fathiye) kabi manzillari bo‘ladi.

Ayni kunlarda ushbu loyiha doirasida Kun.uz muxbiri, jurnalist Ruslan Saburov Alanya Turizm va targ‘ibot jamg‘armasi (ALTAV) va Destination Services sayohat agentligi vakillari hamrohligida mazkur shaharda bo‘lib turibdi.
Asialuxe Travel turoperator mazkur maskanlarda turizm targ‘ibotiga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekistondan Alanyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygan.
Yangi loyiha yuzasidan Turkiya Turizmni tanitish va rivojlantirish agentligi (TGA) va ALTAV boshqaruv kengashi a’zosi Shukru Cimrin shunday deydi:
“O‘tgan haftalarda O‘zbekistondan Alanyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan O‘zbekistonning eng yirik turoperatori Asialuxe Travel kompaniyasi bosh direktori Bayram Ismail va Asialuxe Travel'ning Turkiyadagi boshqaruvchisi bo‘lgan Destination Services menejeri Metin Girgin bilan birga Alanya-Gazipasha aeroportiga tashrif buyurdik. Ushbu uchrashuv natijasida Asialuxe Travel Uzbekistan-Gazipasa reyslarini boshlash uchun yo‘l xaritasi belgilandi”.
Dastur doirasida jurnalist Alanyaning, turixiy, turistik va madaniy qadriyatlari, shuningdek, shahar aholisining kundalik hayot, iqtisodiy qadriyatlari va ko‘ngilochar hayoti mavzusida batafsil ma’lumot olishadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV
Jahon | 20:08
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
Mavzuga oid

09:00 / 11.07.2025
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar

22:05 / 03.07.2025
Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yildi

19:00 / 30.06.2025
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!

20:42 / 29.06.2025