Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalar IPO o‘tkazadi. NKMKning 5 foizgacha, OKMKning 7 foizgacha aksiyasi sotuvga qo‘yiladi
O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalar, mamlakatning eng katta soliq to‘lovchilari – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari IPO'ga chiqadi. Ularning 5 foizgacha aksiyasi xalqaro fond bozorida, shuningdek, OKMKning yana 2 foiz aksiyasi mahalliy fond bozorida sotuvga chiqariladi. “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom” AJ aksiyalarining ham 7 foizgacha qismini ommaviy taklif yo‘li bilan sotish ko‘zda tutilgan.

Foto: ngmk.uz
“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 7 ta yirik kompaniyadagi davlat ulushlari pofessional konsultantlarni jalb qilgan holda, 2025 yilning oxirigacha xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladi:
- “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
- “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ
- “O‘zbekinvest EISK” AJ
- “O‘zagrosug‘urta” AJ
- “Inter Hotel” MChJ
- “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ
- “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ
Bundan tashqari, gigant kompaniyalar bo‘lmish Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom” AJ aksiyalarining 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali 2025 yil oxirigacha xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.
Avvalroq yuqoridagi qaror bilan bir kunda imzolangan boshqa bir qaror asosida, 12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqarilishi haqida xabar berilgandi. Bu ikki qarorni birlashtirib aytganda, OKMK, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom”ning 2 foiz ulushi mahalliy fond bozorida, 5 foizgacha ulushi esa xorijiy fond bozorida sotuvga qo‘yiladi.
IPO nima?
IPO (ingliz tilidan olingan – Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad – korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
-
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

11:00 / 24.07.2025
OKMKda yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda

17:09 / 17.07.2025
Bloomberg: O‘zbekiston Mobiuz'ni 300 mln dollarga sotmoqchi

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025