Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AP: Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti
Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari tufayli Abrams tanklaridan foydalanish qiyinlashmoqda. AP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya allaqachon AQSh tomonidan Kiyevga topshirilgan 31 ta Abrams tankidan 5 tasini yo‘q qilgan.

Foto: AP
Ukraina AQShdan o‘ziga berilgan Abrams M1A1 tanklarini front old chizig‘idan ko‘chirdi, chunki Rossiya dronlari ularga aniqlanmasdan turib ishlashga imkon bermayapti. Bu haqda 26 aprel, juma kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari admiral Kristofer Greyd hamda AQShning ismi oshkor etilmagan ikki nafar harbiy amaldoriga tayanib, AP agentligi xabar berdi.
«Har biri 10 million dollar turadigan bu tanklar Ukrainaning Rossiya frontini yorib o‘tish qobiliyati uchun muhim ahamiyatga ega, degan fikrni ilgari surgan Kiyevning agressiv kampaniyasi fonida Qo‘shma Shtatlar 2023 yil yanvarida Ukrainaga 31 ta Abrams tankini yuborishga rozi bo‘lgandi», deb eslatadi agentlik.
Biroq, o‘shandan beri jang maydonidagi vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. Xususan, Rossiya razvedkachi uchuvchisiz uchoqlar va bortida portlovchi moddalar bo‘lgan «qotil dron»lardan foydalanishi sababli Ukraina uchun tanklarni Rossiya Qurolli kuchlari hujumlaridan himoya qilish qiyinlashdi, dedi agentlik suhbatdoshlari. AP xabariga ko‘ra, AQSh tomonidan Ukraina Qurolli kuchlariga taqdim etilgan 31 ta Abrams tankidan shu kungacha 5 tasi yo‘q qilingan.
Ukraina taktikani o‘zgartirishga tayyorlanmoqda
Admiral Greyd AP bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar hozir Ukraina bilan taktikani o‘zgartirishni muhokama qilayotganini ta’kidladi. «Agar janglar qanday rivojlangani haqida o‘ylab ko‘rsangiz, uchuvchisiz uchish apparatlarining keng tarqalishi sharoitida katta zirhli texnikalar tahdid ostida bo‘lishi mumkin», dedi yuqori martabali harbiy ofitser.
Ukraina Qurolli kuchlari Amerika tanklarini front chizig‘idan olib chiqib ketgani haqidagi e’lon Kiyevning jang maydoniga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash maqsadida har oyda bir marta yig‘iladigan 50 ga yaqin davlatdan iborat Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi tashkil etilganining ikki yilligi arafasida chiqarildi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025