Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament 10 ming yevrodan ortiq miqdordagi naqd to‘lovlarni taqiqladi
Pul yuvishga qarshi yangi qoidalar, xususan, hashamatli tovarlar savdosi, futbol klublariga xayriya va kriptovaluta operatsiyalari ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Foto: Burkhard Schubert/Future Image/IMAGO
Yevropa parlamenti pul yuvishga qarshi kurash chora-tadbirlari doirasida 10 ming yevrodan ortiq naqd pul to‘lovlarini taqiqlash uchun ovoz berdi. 24 aprel, chorshanba kuni Yevroparlament deputatlari milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlarni yopish uchun mo‘ljallangan pul yuvishga qarshi umumevropa qoidalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatladi.
Yirik naqd pul operatsiyalarini taqiqlashdan tashqari, yangi qoidalar hashamatli tovarlar sotuvchilaridan o‘z mijozlarining shaxsini tekshirishni va shubhali operatsiyalar haqida hokimiyatga xabar berishni talab qiladi. Qoidalarning qat’iylashtirilishi, jumladan, zargarlik buyumlari, hashamatli avtomobillar, shaxsiy samolyotlar va yaxtalar savdosiga ta’sir ko‘rsatadi.
«Bavariya» yoki Dortmundning «Borussiya» kabi boy futbol klublari ham yangi reglamentga bo‘ysunadi. Uchinchi mamlakatlardan ko‘p milliard dollarlik sarmoyalar professional futbolda ko‘p uchraydi va shuning uchun Yevropada pul yuvish uchun ehtimoliy variant hisoblanadi.
YeIning pul yuvishga qarshi kurash boshqarmasi Frankfurt-Maynda joylashadi
Bundan tashqari, rasmiylar kriptovalutalar bilan operatsiyalarni va 50 million yevrodan ortiq aktivlari bo‘lgan o‘ta boy odamlarning bank operatsiyalarini sinchkovlik bilan kuzatishi talab etiladi. Aksiyalarning kamida to‘rtdan biriga ega bo‘lgan kompaniya egalari butun Yevropa Ittifoqida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Bu choralar, xususan, rossiyalik oligarxlarni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tish imkoniyatidan mahrum etishga qaratilgan.
Yangi qoida 2029 yilda kuchga kirishi kerak. Muvofiqlik uchun javobgarlik shtab-kvartirasi Frankfurt-Maynda joylashgan yangi Yevropa pul yuvishga qarshi kurash boshqarmasi (Anti Money Laundering Authority, AMLA) bilan kelishilgan holda milliy hokimiyat organlariga yuklanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 08:47
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
-
BAA O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan elektron platformani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 08:24
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
Mavzuga oid

09:16 / 12.07.2025
Yevroparlament Ursula fon der Lyayyenga ishonch bildirdi

07:52 / 11.07.2025
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

13:07 / 03.07.2025
Yevroparlament Yevrokomissiyaga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz beradi

14:57 / 12.06.2025