Qozog‘iston transafg‘on temir yo‘li qurilishida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi
Mamlakat temir yo‘l konstruksiyalari, shpallar va mahkamlagichlar uchun materiallar yetkazib berish orqali loyihani qo‘llab-quvvatlamoqchi.

Foto: primeminister.kz
Mintaqaviy transport imkoniyatlarini kengaytirish - Qozog‘iston delegatsiyasining Afg‘onistonga tashrifi asosiy masalalaridan biridir. Qozog‘iston va Afg‘oniston bosh vazirlari o‘rinbosarlari Serik Jumang‘arin va Abdulg‘ani Birodar uchrashuvida tomonlar Markaziy va Janubiy Osiyodagi transport integratsiyasi loyihalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Tadbir davomida Qozog‘iston tomonining Transafg‘on yo‘lagini (Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar va Hirot – Qandahor – Spin-Buldak temir yo‘li) qurilishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligi ta’kidlandi.
Ta’kidlanishicha, loyiha mintaqa mamlakatlari o‘rtasida yuklarni yetkazib berish muddatini qariyb 10 barobarga qisqartirish, shuningdek, yuk tashish narxini pasaytirish imkonini beradi. Qozog‘iston temir yo‘l konstruksiyalari, shpallar va mahkamlagichlar uchun materiallar yetkazib berish orqali loyihada ishtirok etishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Tomonlar, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovini qayta tiklash imkoniyatlarini muhokama qildi. Qozog‘iston va Afg‘oniston aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlarning aviatashuvchilari haftasiga uchta yo‘lovchi/yuk reyslarini amalga oshirish huquqiga ega. Qozog‘iston tomoni afg‘on aviakompaniyalaridan arizalar kelib tushganidan keyin bu masalani ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

13:21
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025