Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘g‘limni o‘ldiraman degani uchun 1,5 litr benzin to‘kdim va yoqdim". Erining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi
Sud hukmi bilan ayol o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirganlikda aybli deb topildi. Ayol avval ham qarindoshiga pichoq bilan tan jarohati yetgani uchun sudlangan edi.

Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida 32 yoshli ayol mast holatda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining oyoq-qo‘llarini bog‘lab, ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati Aziz Obidov xabar berdi.
Jinoyatga qo‘l urgan ayol erkakning shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan xotini bo‘lgan va ular tez-tez janjallashib turishgan. “Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada keltirilishicha, sudlanuvchi ayol janjallarga eri oxirgi paytlarda uyga pul olib kelmagani va uni boshqa erkaklar bilan gaplashayotganlikda ayblab, rashk qilgani sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, fojia sodir bo‘lgan kuni ham erkak ayolni urgan va o‘g‘lini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan. Shundan so‘ng ayol ko‘chaga chiqib spirtli ichimlik olib kelib, turmush o‘rtog‘iga ichish uchun beradi va tanishiga benzin buyurtma qiladi.
Benzin kelgach, ayol uy ichida mast holda yotgan erining oyoq-qo‘llarini bog‘lab, uning ustiga benzin quyib yoqib yuboradi. Yonayotgan erkakka qo‘shnilar yordam ko‘rsatishgan. Biroq u shifoxonada vafot etgan.
“O‘g‘limni o‘ldiraman degani uchun bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin to‘kdim va yoqdim", degan ayblanuvchi sud majlisida.
Sudlanuvchi ayol avvalroq qarindoshini pichoqlagani uchun sudlangan va jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ldirish), “d” (boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda) va “j” (o‘ta shafqatsizlik bilan) bandlari bilan aybli deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025