Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid yana Pegasus josuslik dasturi qo‘llanishini tekshirmoqda
2023 yilda ispan siyosatchilarining smartfonlari Pegasus josuslik dasturi bilan zararlangani bo‘yicha tekshiruv to‘xtatilgan edi. Endi Ispaniya Oliy sudi Fransiyadan muhim ma’lumotlarni olgach, uni qayta tikladi.

Foto: Jack Guez / AFP / East News
Ispaniya Oliy sudi Isroilning NSO Group kompaniyasining Pegasus josuslik dasturidan foydalangan holda bosh vazir Pedro Sanches va boshqa ispan siyosatchilarining telefonlari buzib kirilgani ehtimoli bo‘yicha tergovni qayta boshladi. Oliy sudning 23 aprel, seshanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, sudya Xose Luis Kalama Fransiya adliya organlaridan yangi ma’lumotlarni olganidan keyin tergovni qayta boshlashga qaror qildi.
Sudning ta’kidlashicha, ikki mamlakat tergovchilari tomonidan to‘plangan texnik elementlarni taqqoslash ispan va fransuz siyosatchilarining mobil telefonlarini buzib kirish ortida kim turganini aniqlash uchun tergovni oldinga siljitish imkonini berishi mumkin. Ispaniyada bosh vazir Sanchesdan tashqari, gap uch vazir haqida ketyapti: mudofaa - Margarita Robles, ichki ishlar - Fernando Grande Marlaske va qishloq xo‘jaligi - Luis Planas. Fransiyada prezident Emmanuel Makron va mamlakat hukumati bir qator a’zolarining smartfonlari josuslik dasturlari bilan zararlangan.
Ispaniyada tergov to‘xtatilgandi
Tergov 2022 yilda Madriddagi hukumat Isroilning NSO Group dasturiy ta’minoti vazirlar ortidan josuslik qilish uchun ishlatilganini bildirganida boshlangan edi. Bu Ispaniyada siyosiy inqirozni keltirib chiqardi. 2023 yilda tergov Isroil tomonidan «huquqiy hamkorlikning umuman yo‘qligi» tufayli to‘xtatildi.
Isroil razvedka xizmatlari xodimlari tomonidan asos solingan NSO ishlab chiqqan Pegasus josuslik dasturi hakerga smartfonning tovushi, kamerasi va xotirasiga kirish imkonini beradi.
2023 yil sentabrida «Meduza» internet-nashri asoschisi Galina Timchenkoning ayfoni ushbu dastur bilan zararlangani ma’lum bo‘ldi. O‘shanda NSO Group vakili «Meduza» murojaatiga javoban, kompaniyaning ishlanmalari «faqat AQSh va Isroilning ittifoqchilariga, ayniqsa G‘arbiy Yevropada, faqat jinoyatchilar va terrorchilarga qarshi kurash uchun sotilishi, bu Amerika milliy xavfsizligining global manfaatlari bilan to‘liq mos ravishda amalga oshirilishi»ni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, NSO Pegasus’ni faqat davlat mijozlariga sotadi va undan birinchi navbatda razvedka idoralari foydalanadi. 2021 yilda kompaniya Rossiya dasturni sotib olmoqchi ekanligini aytdi, ammo taklif rad etildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Toshshahartransxizmat"ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari yarim yil o‘tib ozodlikka chiqdi
O‘zbekiston | 12:58
-
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat | 12:28
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi

23:10 / 27.01.2025
Polshada Pegasus josuslik dasturi yordamida 570 dan ortiq siyosatchining telefoni eshitib kelingani aniqlandi

20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?

10:20 / 14.06.2024