Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2024. O‘zbekiston Vetnam bilan o‘yinda kambek ko‘rsatib, yarimfinalga yo‘llanma oldi
Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2024 chorakfinali doirasidagi so‘nggi o‘yinda O‘zbekiston milliy jamoasi Vetnamni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘llanma oldi.

Xose Venansio Lopes shogirdlari Vetnamga qarshi o‘yinda 34-daqiqagacha hisobda ortda qolgan bo‘lsa-da, so‘nggi 6 daqiqada O‘zbekiston Elbek To‘lqinov va Sunnatilla Jo‘rayevning gollari evaziga kambek ko‘rsatdi – 2:1.
Shu tariqa, O‘zbekiston ketma-ket 4-marta Osiyo kubogida yarimfinalga yo‘llanma oldi va final yo‘llanmasi uchun kurashda 26 aprel kuni Eronga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, vakillarimiz JCh-2024 mezboni ekani sababli O‘zbekistonning yarimfinalga yo‘l olishi ortidan chorakfinal bahslarida mag‘lub bo‘lgan Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Iroq va Vetnam Osiyo qit’asi uchun JCh-2024ga ajratilgan 5-yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun pley-off o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Tojikiston, Eron, Tailand yarimfinalga yo‘llanma olib, JCh-2024da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi. Turnir 14 sentabrdan 6 oktyabrga qadar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2024. 1/4 final
O‘zbekiston – Vetnam – 2:1
Gollar: Elbek To‘lqinov 34, Sunnatulla Jo‘rayev 39 – Nguyen Tin 17.
O‘zbekiston: 12. Abbos Elmurodov, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhomjon Hamroyev, 9. Elbek To‘lqinov, 14. Samariddin Berkinov.
Zaxira: 1. Sunnatjon Anvarov, 2. Fazliddin Botirov, 3. Mashrab Odilov, 5. Sunnatulla Jo‘rayev, 7. Dilshod Rahmatov, 10. Akbar Usmonov, 11. Abror Axmetzyanov, 13. Mehroj Xudoyberdiyev
Vetnam: 1. Xo Van, 4. Chau Doan Pat, 7. Nguyen An Duy, 10. Nguyen Tin Pat, 12. Tu Min Kuang.
Yarimfinal setkasi bilan tanishing:
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

23:22 / 21.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto

15:51 / 21.04.2025
Prezident o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi

11:57 / 21.04.2025
Jahon chempionatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman - Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionlarini tabrikladi

00:22 / 10.04.2025