Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavf ostidagi Stounhenj – Angliyada qadimiy yodgorlik yonida yerosti yo‘li qurilishi mumkin
Angliyaning janubida joylashgan 5 ming yillik tarixga ega Stounhenj tarixiy yodgorligi yaqinida yerosti magistrali qurish loyihasi bir necha o‘n yillardan beri muhokamalarga sabab bo‘lib keladi. Loyiha mualliflari agar tunnel qurilsa, tirbandliklar kamayib, qulaylik paydo bo‘lishini iddao qilsa, qarshilik bildirayotganlar bu tarixiy yodgorlikka xavf solishidan xavotirda ekanliklarini aytadi.
Stounhenj tarixiy yodgorligi — insoniyat tarixidagi eng qadimiy va mashhurlaridan biri. 5 ming yillik tarixga ega noyob toshlar aylanasining birinchi qatlami neolit davrida qurilgan. Bronza asrining ilk davrlarida esa Stounhenj yodgorligiga tutash hududlarda mozorlar ham qurilgan.
1986 yilda YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgandan buyon Angliyaning janubida joylashgan bu yodgorlikka yiliga 1 mln kishi tashrif buyuradi.
Angliyada uzoq yillardan beri Stounhenj hududidan yerosti yo‘li qurish masalasi muhokama qilib kelinadi. Bu loyihani Buyuk Britaniya tarixidagi qurilish sohasidagi eng ziddiyatlisi deb ham atashadi.
Fevral oyida Oliy sud sudyasi Angliyaning janubi-g‘arbidagi Uilshir shahridagi butunjahon madaniy merosi bo‘lgan Stounhenj obekti ostidan yerosti yo‘li o‘tkazish rejasiga qarshi qonuniy da’voni rad qildi. Bu mamlakat tarixidagi eng ziddiyatli qurilishning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
"Bu Buyuk Britaniya uchun qora kun bo‘ldi", deydi Stounhenj alyansi raisi Jon Adams.
"Tasavvur qilib ko‘ring-a, Mirs piramidalari ustidan aylanma yo‘l qurilsa, yoki Versal bog‘larining bir burchagida estakada qurishmoqchi ekanliklarini eshitsak, qanchalik g‘alati bo‘lar edi", deydi u.
Yerosti yo‘li mashmasasi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan doston, ilk marta tunnel qurish taklifi 1990 yillarda taklif qilingan. Shundan buyon qurilish uchun taxminiy xarajatlar 2,5 mlrd funt sterlinggacha o‘sdi. Buyuk Britaniya avtomil yo‘llari milliy agentligining qayd etishicha, agar yerosti yo‘li qurilsa, Stounhenj yonidan o‘tgan A303 magistral yo‘lining tirbandligi kamaytiriladi. A303dan o‘tuvchilar shundoqqina Stounhenjning yonidan yodgorlikni bemalol tomosha qilib o‘tishlari mumkin.
Qurilish amalga oshsa, asosiy magistral yer ostiga ko‘chiriladi, bu hozirgi avtomobil yo‘li va toshlardan biroz nariroqqa to‘g‘ri keladi va uning o‘rniga piyodalar, velo va ot minuvchilar uchun yo‘laklar qilinadi. Milliy qo‘mitaga ko‘ra, bu tarzda tashrif buyuruvchilarning sayohatlari sifati yaxshilanadi.
Biroq YuNeSKO Butunjahon madaniy yodgorligi yaqinida tunnel qurilishini qoralagan. Tashkilotning ma’lum qilishicha, Stounhenj hali to‘la qazib o‘rganilmagan qimmatli landshaft hisoblanadi. Shuning uchun YuNeSKO uni xavf ostidagi butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritishi mumkin.

Shuningdek, ekofaollar yerosti yo‘l qurilishi Stounhenj hayvonot va nabototiga ham zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

20:51 / 02.05.2025
Hududlarda 24 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi belgilandi

14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba

15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi

15:15 / 19.02.2025