Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi

Foto: eco.gov.uz
18 aprel «Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni» munosabati bilan Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi.
Ochilish marosimida BAA Sharja amirligi hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eyza Yusuf, Chxunchxon-Pukto provinsiyasi (Janubiy Koreya) gubernatori, BAA delegatsiyasi vakillari, mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda nutq so‘zlagan ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov ko‘rgazmaning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
«Sharja qadimiy tarixga ega. Bu hududda ko‘plab eksponatlar topilgan. Bu topilmalarning 80 foizi ilk bor O‘zbekistonda ko‘rgazmaga qo‘yildi. Ko‘rgazmadan Arabiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja amirligining neolit davridan islomgacha bo‘lgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar o‘rin olgan», dedi vazir.

Ochilish marosimida nutq so‘zlagan Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy esa O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining tarixi, madaniyati bir-biriga juda yaqin ekanligini qayd etdi.
«Sharja amirligi arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining aynan O‘zbekistonda ochilgani o‘ziga xos ahamiyatga ega. Negaki ikki davlatning madaniyati, tarixi, e’tiqodi mushtarak», dedi u.
Ma’lumot uchun, Sharjadagi Mleyxa arxeologik yodgorligida saroy, istehkomlar, uylar va insonlar hamda hayvonlar qabrlari topilgan. Topilmalarning umumiy maydoni 3 kmga cho‘zilgan. Mleyxadan uzoq bo‘lmagan hududda esa arxeologlar oltin, kumush, bronza, temir, fil suyagi, alebastr, shisha va boshqalardan yasalgan, bezatilgan buyumlar ham topilgan. Bu buyumlarda qadimgi Misr, Yunon, Rim, Parfiya, O‘rta Osiyo, Hindiston madaniyati izlarini ko‘rish mumkin.
Ko‘rgazma 22 maygacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

08:53 / 11.08.2025
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi

10:31 / 07.08.2025
DXX hududlarda firibgarlik bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025