Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Nemsov fondi Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
17 aprel holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan reyestrga 158 ta tashkilot kiradi: ularning aksariyati Britaniya, Germaniya, AQSh va Ukrainada joylashgan.

Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK
17 aprel, chorshanba kuni Rossiya Adliya vazirligi Boris Nemsov nomidagi ozodlik uchun fondni «nomaqbul tashkilotlar» ro‘yxatiga kiritdi. Bundan tashqari, Germaniyaning Fridrix Naumann nomidagi ozodlik jamg‘armasi (Friedrich-Naumann-Stiftung für die Freiheit) va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi reyestrga kiritildi.
Boris Nemsov nomidagi jamg‘arma 2015 yilda halok bo‘lgan muxolifat yetakchisining qizi, jurnalist Janna Nemsova tomonidan Germaniyada tashkil etilgan. U Rossiya fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, har yili Boris Nemsov mukofoti bilan taqdirlaydi.
Fridrix Naumann fondi 1958 yilda tashkil etilgan. Uning 60 dan ortiq mamlakatlarda vakolatxonalari bor va asosiy e’tibor siyosiy ta’limga qaratilgan.
2022 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofotini Rossiyaning «Memorial» inson huquqlari tashkiloti va belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiy bilan birgalikda qo‘lga kiritgan Fuqarolik erkinliklari markazi 2007 yilda Kiyevda tashkil etilgan. U o‘z vazifasini inson huquqlari va demokratiya qadriyatlarini targ‘ib qilish deb biladi.
Adliya vazirligi reyestriga 158 ta tashkilot kiritilgan
«Nomaqbul tashkilot» maqomi Rossiya qonunchiligida 2015 yildan beri qonuniy ravishda mavjud. Ularga Rossiya Federatsiyasi hududida ma’muriy va jinoiy javobgarlik tahdidi ostida faoliyat yuritish taqiqlanadi.
17 aprel holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan reyestrga 158 ta tashkilot kiradi: ularning aksariyati Britaniya, Germaniya, AQSh va Ukrainada joylashgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025