Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tergovchi pora bilan ushlandi
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming dollar pora bilan ushlandi. U qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga ta’magirlik qilgani ta’kidlanmoqda.
Qayd qilinishicha, Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro 2021 yil mart oyida bankdan 450 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olgan. Lekin, imtiyozli kredit maqsadli yo‘naltirilmaganligi sababli, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Qarshi tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Tuman prokuraturasi tergovchisi (uning ismi sharifi xabarda keltirilmagan) kredit ajratilgan korxona rahbari bo‘lgan ayolga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga, ta’magirlik yo‘li bilan undan 5 ming dollar miqdorida pora talab qilgan.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

21:49 / 07.07.2025
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

16:10 / 01.07.2025