Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi muzeyda sodir bo‘lgan yong‘inda noyob eksponatlar yonib ketdi
Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yuz bergan yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari tomonidan yasalgan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan. Hozirda yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, yong‘in 11 aprel kuni soat 10:00 larda muzeyning ikkinchi qavatidagi ekspozitsiya zalida sodir bo‘lgan. Yong‘in jamoatchilikdan sir tutilgan.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi rahbari Xayrullo Zokirov muzeyda yong‘in sodir bo‘lganini tasdiqladi. Mas’ulning aytishicha, 1985 yilda qurib foydalanishga topshirilgan muzey binosida yong‘in eskirgan elektr simlarining qisqa tutashuvi ortidan kelib chiqqan.


Yong‘inda faqat 1 dona vitrina yonib, miltiq qo‘ndog‘i va naqshli eshik butkul yonib ketgan. Vitrina va muzeyning yongan qismi esa ta’mirlangan. Rassom Gavrilov tomonidan 1938 yilda chizilgan, 1916 yil qo‘zg‘oloni aks etgan san’at asari qisman zararlangan.

Muzey rahbari holat viloyat badiiy ekspertizasi xodimlari tomonidan o‘rganilayotgani sababli ichkariga kirishga ruxsat bermadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilyapti.
Avvalroq Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 ta noyob eksponat qalbakilashtirilgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, muzeyni kapital ta’mirlash uchun budjetdan ajratilgan 3,1 mlrd so‘m mablag‘ning 1,4 mlrd so‘mi mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlangan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

14:47 / 07.07.2025
Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

20:09 / 06.07.2025
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

15:21 / 06.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi

13:34 / 05.07.2025