Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livandan Isroil tomon o‘nlab raketalar uchirildi
Isroil shimolida bir necha bor havo hujumi haqida ogohlantirish signali berildi.

Foto: Reuters
Isroilga Livandan 40 ga yaqin raketa uchirildi, deb xabar berdi Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) matbuot xizmati.
Departamentning ta’kidlashicha, raketalarning bir qismi urib tushirilgan, qolganlari esa kimsasiz hududlarga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
TsAHAL qo‘shimcha qilishicha, Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari avvalroq ikkita dronni urib tushirgan. Bundan tashqari, so‘nggi bir necha soat ichida Isroil harbiylari Livan janubidagi nishonlarga bir necha bor zarbalar berdi, deyiladi press-relizda.
Isroilning The Times of Israel nashri «Hizbulloh» Isroilga qilingan hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, deb yozdi. Guruh Isroil artilleriya pozitsiyalariga «o‘nlab» raketalar otganini da’vo qilmoqda.
TsAHAL xabariga ko‘ra, Isroil shimolida kamida ikki marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Internetda Isroil havo mudofaasi ishini aks ettiruvchi videolar ham paydo bo‘ldi.
1 aprel kuni Isroil aviatsiyasi Suriyaning Damashq shahridagi Eron konsulligiga zarba berdi. Hujum oqibatida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan «Quds» kuchlari qo‘mondoni general Muhammad Rizo Zohidiy va general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy halok bo‘ldi.
Zarbadan so‘ng Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilni nazarda tutib «sionistik rejim jazolanishini» aytdi. Keyinroq Xomanaiyning harbiy maslahatchisi Isroil elchixonalarining hech biri «endi xavfsiz emas» deb tahdid qildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 11 aprel kuni Eron o‘z qo‘mondonlarining o‘ldirilishiga javoban Isroildagi nishonlarga zarba berishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarning Isroildagi elchixonasi o‘z xodimlariga «xavfsizlik nuqtai nazaridan» Quddus, Tel-Aviv va Beershebadan tashqariga chiqmaslikni buyurdi.
Axios manbalariga ko‘ra, agar Vashington Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatga aralashsa, Eron mintaqadagi AQSh bazalariga hujum qilinishidan ogohlantirgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Matviyenko: Rossiyada «demografik maxsus kuchlar» tuzildi
Jahon | 11:02
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 10:37
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
Mavzuga oid

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46 / 25.07.2025
AQSh Isroil–Hamas muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

22:44 / 23.07.2025