O‘zbekistonda BYD avtomobil zavodi iyun oyida ishga tushirilishi mumkin
Birinchi bosqichda kichik qismli yig‘ish usulida Chazor va Song Plus Dm-1 modellari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Foto: BYD
Jizzax viloyatida Gibrid va elektromobillar ishlab chiqaradigan BYD avtomobil zavodi iyun oyida ishga tushirilishi mumkin.
25 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va BYD prezidenti Van Chuanfu Jizzax viloyatida elektr va gibrid avtomobillarni yig‘ish loyihasini ishga tushirdi. Korxona «Jizzax» EIZ hududida joylashadi. Loyiha qiymati 160 million dollarga baholangan bo‘lib, shundan joriy yilda 120 million dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida 1200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mart oyida BYD vakili Ivan Sao birinchi bosqichda uchta rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi, gibrid va elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarish uchinchi chorakka rejalashtirilganini aytgan edi.
Qo‘shma avtomobil zavodi kichik qismli yig‘ish (CKD) yordamida BYD Chazor va BYD Song Plus Dm-1 modellarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, ishlab chiqarilayotgan elektromobillar soni ortishi bilan mahalliylashtirish darajasi ham bosqichma-bosqich oshib boradi.
2023 yil sentabr oyida BYD va «O‘zavtosanoat» o‘rtasida BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Birinchi bosqichda Jizzax viloyatidagi zavodning quvvati yiliga 50 ming dona bo‘lsa, kelgusida bosqichma-bosqich 300 ming avtomobilga yetkaziladi, ularning bir qismi xorijga eksport qilinadi.
Mavzuga oid

15:39
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025