Gretsiyada yong‘in xavfining yuqori darajasi e’lon qilindi
Afina yaqinida, Krit va Kiklad orollarida, shuningdek, Gretsiyaning markaziy qismida yaqin kunlarda kuchli shamollar bo‘lib, yong‘in kelib chiqish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Foto: Nicolas Economou/Reuters
Kuchli shamol tufayli kuchayishi mumkin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari fonida Gretsiyaning bir qancha mintaqalarida ikkinchi eng jiddiy yong‘in xavfi darajasi - to‘rt darajaga o‘tkazildi. Bu haqda 6 aprel kuni mamlakat Fuqarolarni himoya qilish vazirligi ma’lum qildi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunning o‘zida butun mamlakat bo‘ylab 71 ta o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan. Mamlakat o‘t o‘chirish xizmati ta’kidlaganidek, yong‘inlarning aksariyati nazoratga olingan bo‘lsa-da, ulardan biri – Krit orolida – xabar e’lon qilingan paytda hamon yonayotgan edi. Yong‘in oqibatida uch kishi yengil tan jarohati olgan.
Kuchli shamol kutilmoqda
9 aprelgacha Gretsiyaning ba’zi hududlarida 60 km/soatgacha kuchli shamol esib, «vaziyatni yong‘inlar uchun o‘ta xavfli qiladi», deya ta’kidlab o‘tdi vazirlik. Gap Afina mintaqasi, mamlakatning markaziy qismi, Kiklad orollari va Krit haqida bormoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Gretsiyada odatda may oyida boshlangan o‘rmon yong‘inlari mavsumi texnogen iqlim o‘zgarishi tufayli ertaroq boshlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 20:08
-
Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqaldi
Jahon | 19:34
Mavzuga oid

20:09
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

15:21
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

10:04 / 04.07.2025