«Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha o‘n birinchi ayblanuvchi hibsga olindi
Unga bir guruh shaxslar tarkibida inson o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik hujumini sodir etganlik aybi qo‘yilgan.

Moskva shahri sudi «Krokus Siti Xoll» binosidagi terakt bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida o‘n birinchi ayblanuvchi – Sharipzoda Muhammad Zoirni 22 mayga qadar hibsga olish haqida qaror chiqardi.
Unga bir guruh shaxslar tarkibida inson o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik hujumini sodir etganlik aybi qo‘yilgan (Rossiya Jinoyat Kodeksi 205-moddasi 3-qismi «b» bandi). Ushbu moddaning eng yuqori jazosi umrbod qamoqni nazarda tutadi.
«Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha kishi konsert zaliga bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata avtomat qurollardan o‘q uzdi. So‘ngra binoga o‘t qo‘ydi. Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchilik harakati moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 144 kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar soni 551 nafarga yetgan.
Mavzuga oid

13:35
NYT: Rossiya Ukrainaning aerodromlarga bergan zarbalariga «jiddiy» javob qaytaradi

11:15
Pentagon rahbari Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi uchrashuvida qatnashmaydi

08:38
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri: Mamlakat iqtisodiyoti sovish davriga kirdi

00:44