Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Moskvadagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olmoqda» - prezident
Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning «asosiy hamkorlari» o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanishi ta’kidlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi sessiyasida og‘ir xalqaro vaziyat haqida gapirib o‘tdi.
Davlat rahbari so‘zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar yechim topmayotgani, shu jumladan Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotganini qayd etgan.
Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlangan.
Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi.
«Har qanday bino tashqi ta’sirlarga bardosh berishi uchun uning poydevori mustahkam bo‘lishi shart. Mamlakatimiz poydevori bu – mahalla. Mahallani iqtisodiy zamini mustahkam bo‘lsa, odamlarni daromadi ko‘payib, yaxshi yashashga uyi, bolasini o‘qitishga sharoiti bo‘lsa, ertangi kuni uchun xotirjam bo‘lsa, shunda barqarorlik, taraqqiyot bo‘ladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident poytaxtda hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Jumladan, 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xo‘jaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga o‘tgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga berish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish mumkin.
Poytaxtdagi korxona va tashkilotlarda mavjud 98 ming bo‘sh ish o‘rni – aholi bandligini ta’minlash uchun ishga solinmagan imkoniyatlardan biri. Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 764 gektar yerda tashkil etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida yana o‘n minglab ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.
Prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi.
So‘nggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan Yunusobodda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari 3,5 mingtaga, ish o‘rinlari 20 mingtaga ko‘paydi.
Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar soni bo‘yicha ham Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi.
Shu bilan birga, Yunusobodni chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla o‘rtasidagi farq juda katta ekani, aholi daromadi va yaratilgan sharoit bo‘yicha vaziyat bir xil emasligi ta’kidlandi.
Masalan, tumandagi ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti. Ular o‘zi va farzandlari kelajagiga investitsiya kiritish uchun mablag‘ ajrata olmaydi.
Iqtisodiy kompleks tashkilotlarida bu borada tahlil yo‘qligi, turli moliyaviy instrumentlar orqali bu oilalar daromadini oshirishni o‘ylab ko‘rmagani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 21:29
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
Mavzuga oid

01:21 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi

12:20 / 02.06.2025
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

10:40 / 05.05.2025