Iqlim o‘zgarishi vaqt o‘lchovini o‘zgartirishi mumkin - tadqiqot
Olimlar kuzatuviga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish tezligiga va bizning vaqt o‘lchovlarimizga ta’sir qilyapti.

Foto: AP
Grenlandiya va Antarktida muzliklari erishining tezlashishi dengiz suvlari hajmini oshiradi, deyiladi Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda. Bu jarayon Yerning aylanish tezligini sekinlashtiradi. Biroq Yer hali ham odatdagi tarzdan ko‘ra tezroq o‘qi atrofida aylanmoqda. Global iqlim isishi esa vaqt hisobiga allaqachon ta’sir qila boshlagan.
Dunyoda muvofiqlashtirilgan universal vaqt tushunchasi mavjud bo‘lib, uning hisobi Yerning aylanish tezligiga qarab olinadi va dunyoning asosiy qismida soat hamda vaqtni o‘lchashda qo‘llanadi. Biroq Yerning aylanish tezligi har doim ham bir xil bo‘lmaydi va bu kun va tunning qanchadan davom etishiga ta’sir qilishi mumkin. Sayyoraning suyuq yadrosidagi o‘zgarishlar uning o‘z o‘qi atrofida tezroq aylanayotganini ko‘rsatyapti.
Bu o‘zgarishni to‘g‘rilash maqsadida 1970 yillardan boshlab global vaqtga 27 sakrash soniyasi qo‘shilgandi. Lekin 2026 yilda ilk marta global vaqt o‘lchovidan soniyani ayirish reja qilinyapti. Bu "salbiy sakrash soniyasi" deb ataladi.
Biroq yangi tadqiqot ma’lumotlariga asosan, muz erishining shiddati Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishidagi tezlashuvni qisman qoplagan. Bugun muz qatlamlari bundan 30 yil oldingiga qaraganda 5 baravar tezroq erimoqda. Shuning uchun "salbiy sakrash soniyasi" bilan bog‘liq o‘zgarish 2029 yilgacha zarur bo‘lmaydi.
Tadqiqot muallifi Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi Dungan Agnyuning qayd etishicha, "salbiy sakrash soniyasi" dunyo bo‘ylab ko‘plab kompyuter tizimlari uchun muammo tug‘dirishi mumkin.
"Bu ilgari hech kuzatilmagan. Dunyo bo‘ylab global vaqt infratuzilmalarining bir xil o‘lchovni ko‘rsatayotganiga ishonch hosil qilishda qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘p kompyuter dasturlari salbiy sakrash soniyalarini ijobiy deb taxmin qiladi, shuning uchun ularni qayta yozish kerak", deydi Dunkan Agnyu.
Biroq Dunkan Agnyu boshchiligidagi tadqiqotga nisbatan bildirilayotgan shubhalar ham bor.
AQSh dengiz observatoriyasining vaqt xizmati bo‘yicha sobiq bosh olimi Demetrios Matsakisga ko‘ra, Yerning harakatiga oldindan aniq ishonib bo‘lmaydi. Agar salbiy sakrash soniyasi kerak bo‘lsa, u istalgan paytda qo‘shilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28
-
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi
O‘zbekiston | 21:52
-
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ
Jahon | 21:34
-
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

13:11 / 08.03.2025
Iqlim xavfi – 2025 indeksi e’lon qilindi. Unda nimalar haqida so‘z boradi?

22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi

15:22 / 21.11.2024
Bokudagi COP29: iqlim o‘zgarishiga moslashish xarajatlarini kim to‘laydi?

19:03 / 07.11.2024