«Krokus»dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsning ismi va roli oshkor etildi
Ayblanuvchi «Krokus»dagi teraktdan bir necha kun oldin, «terrorchilarni turar joy bilan ta’minlash» uchun pul bergani, shuningdek, hujumdan keyin ishtirokchilaridan biriga pul o‘tkazgani ta’kidlanmoqda.

(Foto: moscowcours / Telegram
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus Siti Xoll» binosidagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxs — Yoqubjoni Yusufzodani hibsga olish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
«Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, teraktdan bir necha kun oldin u terrorchilarni turar joy bilan ta’minlash uchun bank kartasi orqali sherigiga pul o‘tkazgan. U jinoyat sodir etilganidan keyin mablag‘ning bir qismini aybdorlardan biriga o‘tkazib bergan», deyiladi xabarda.
Yusufzoda terrorchilik moddasi (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi «b» bandi) bilan ayblangan. Bu bilan hammasi bo‘lib «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha 10 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilindi.
Qayd qilinishicha, Yusufzoda «Nelegal» operatsiyasi vaqtida tasodifan qo‘lga olingan. 25 mart kuni patrul uni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, qochishga harakat qilgan. Militsiya unga yetib olgach, Yusufzoda hujjatlarini ko‘rsatishdan bosh tortgan. 26 mart kuni u 12 kunga hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Krokus»dagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 12 kishi qo‘lga olingani, ulardan 4 nafari bevosita jinoyatchilar ekanligi ma’lum qilingandi. Hibsga olinganlarning aksariyati Tojikiston fuqarolari. O‘z navbatida bu mamlakatda ham «Krokus»ga qilingan hujumga aloqador 9 kishi hibsga olingan.
Moskvaning Basmanniy sudi ilgari terakt ishi bo‘yicha 9 nafar gumonlanuvchini hibsga olgan edi.
«Krokus»dagi terakt oqibatida 140 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi, 550 nafardan ortig‘i yaralandi. Terrorchilarning o‘t qo‘yishi oqibatida bino butunlay yonib ketdi.
Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti (uning «Viloyati Xuroson» bo‘limi) o‘z zimmasiga oldi. Rossiya FXX hujumga Ukraina maxsus xizmatlarining aloqadorligini iddao qilmoqda. Ukraina hukumati teraktga aloqador emasligini e’lon qilgan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

18:53 / 07.06.2025
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik erkak sudlandi

13:16 / 07.06.2025
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22 / 07.06.2025
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

09:41 / 07.06.2025