Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Ukraina iyulgacha 155 mm snaryadlarni ishlab chiqarishni boshlay olmaydi
Ukrainada NATO standartidagi snaryadlarni ishlab chiqarish 2024 yilning ikkinchi yarmigacha boshlanmaydi, deb yozadi The Washington Post «Ukroboronprom»dagi manbaga tayanib.

Foto: The Washington Post / Oksana Parafeniuk
The Washington Post nashrining yozishicha, Ukraina yaqin oylarda o‘ziga yetkazib berilayotgan G‘arb artilleriya tizimlari uchun zarur bo‘lgan 155 millimetrli snaryadlarni o‘zi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmaydi. Bu snaryadlarning frontda taqchilligi bor, biroq ularni mamlakatda ishlab chiqarish «shu yil ikkinchi yarmidan» keyin boshlanishi mumkin, deb yozadi 20 mart, chorshanba kuni Amerika gazetasi «Ukroboronprom» Ukraina davlat konserni vakiliga tayanib.
Nashrning anonimlik sharti bilan gapirgan suhbatdoshi milliy xavfsizlik masalalari sirligi sababli qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi.
155 mm kalibrdagi snaryadlar - NATO standarti
155 mm kalibrdagi o‘q-dorilar NATO qurollari uchun standart bo‘lib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida artilleriya qurollarida qo‘llanadi. Ukraina qurolli kuchlari har kuni uch mingdan olti mingtagacha shunday snaryadlardan foydalanishi mumkin, deya oldinroq taxmin qilgandi harbiy ekspertlar.
Ikki yildan ko‘proq vaqt davomida Rossiyaning keng ko‘lamli hujumidan o‘zini himoya qilib kelayotgan Ukraina bu snaryadlarni bir qator mamlakatlardan oladi, ammo ko‘proq hajmga muhtoj. Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Kiyev birgina AQShdan 2 millionta 155 mm kalibrdagi snaryad oldi. Chexiya bir necha hafta oldin Ukraina qurolli kuchlarini yaqin kelajakda 500 mingtagacha 155 mm kalibrli va 300 mingtagacha 122 mm kalibrli artilleriya snaryadlari bilan ta’minlashini e’lon qilgan. Uchinchi davlatlardan xaridlar bo‘yicha muzokaralar Praga tashabbusi bilan 2022 yil boshidan buyon olib borilmoqda.
19 mart kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga 500 million yevrolik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi, bu paketga boshqa narsalar qatori Bundesver zaxiralaridagi 10 mingta o‘q-dori ham kiradi. Bundan tashqari, Germaniya Ukraina armiyasi uchun yana 180 mingta snaryad sotib olish uchun pul to‘laydi, shuningdek, 100 mingta 155 mm kalibrdagi snaryadlar ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzdi, deya qo‘shimcha qildi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari. 2025 yilda Germaniyaning Rheinmetall konserni Ukrainada snaryad ishlab chiqaruvchi zavod quradi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

19:53 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi

18:16 / 11.08.2025
AQSh vitse-prezidenti: “Ukrainaning urushini moliyalashtirishdan charchadik”

16:35 / 11.08.2025
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida

11:32 / 11.08.2025