Moped va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etiladi
Dvigateli ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, elektrodvigateli quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transportlar (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

Foto: Getty Images
“Foydalanishda bo‘lgan moped yoki skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2024 yil 1 iyuldan boshlab:
avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bilan bog‘liq murojaatlarni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi, veb-sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish va to‘lovlarni onlayn amalga oshirish;
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlat raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlash yo‘li bilan berish tartiblari joriy etiladi.
Dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi va 2024 yil 1 iyuldan boshlab bu turdagi yangi transport vositalari umumiy tartibda, foydalanishda bo‘lganlari vaqtinchalik nizom asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
2024 yil 1 iyulga qadar moped va skuterlarni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus savdo tashkilotlar (ishlab chiqaruvchi, uning vakili yoki vositachi) Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Transport vositalari hisob ma’lumotnomalari” moduliga integratsiya qilinadi va bunday transport vositalari uchun hisob-ma’lumotlarni elektron shaklda berilishini ta’minlaydi.
2024 yil 1 iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi axborot tizimi orqali Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga O‘zbekistonga kirib kelayotgan dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish yo‘lga qo‘yilsin.
2025 yil 1 yanvardan boshlab ro‘yxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalanish amaldagi qonunchilik talablari asosida taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Starmer Shimoliy Irlandiyadagi ruminlarga qarshi tartibsizliklarni qoraladi
Jahon | 12:41
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman
Jahon | 12:15
-
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:10
-
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston | 11:51
Mavzuga oid

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

08:03 / 03.06.2025
Sergelida skuter haydovchisi halok bo‘ldi

21:35 / 19.04.2025
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti

11:41 / 16.04.2025