Chery avtomobillari Euro 5 va Euro 6 xalqaro ekologik standartlarga javob beradi
Avtomobillarning benzinli dvigatellari atmosferaga zararli moddalar chiqaradi. Yevropa Ittifoqi sayyoramizni himoya qilish va havo sifatini yaxshilash maqsadida Euro 5 va Euro 6 kabi qat’iy avtomobil standartlarini ishlab chiqqan. Chery avtomobillari chiqindilar chiqarilishini kamaytirilishi orqali atmosferaning ifloslanishini kamaytirishga va havo sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Foto: Chery Uzbekistan
Euro 5 yangi avtomobillar, jumladan, yengil avtomobillar, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun chiqindi gazlar chiqarilishi bo‘yicha chegaraviy qiymatlarni belgilab beradi. Uning asosiy maqsadi azot oksidlari (NOx) chiqarilishini kamaytirishdir. Euro 6 esa, o‘z navbatida, zararli moddalar chiqarilishi bo‘yicha yanada qat’iyroq talablarni belgilaydi. Ushbu standartga javob beradigan yangi avtomobillar, azot oksidi (NOx) va uglevodorodlar (HC) chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishi zarur. Bunda yerda chiqindi gazlarni katalizatorlar yordamida tozalash tizimlari kabi yangi texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi xaridorlarga Chery’ning Euro 5 ekologik sinfiga mansub bo‘lgan – ARRIZO 6 PRO (1,5 l.) va TIGGO 8 PRO (1,6 l.) benzinli avtomobillarini hamda Euro 6 ekologik sinfiga mansub – TIGGO 7 PRO (1,5 l.) TIGGO 8 PRO MAX (2,0 l.) avtomobillarini taqdim etadi. Ushbu modellar yonilg‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri silindrlarga purkalishi va oraliq sovitilishli turbojadallashtirgichlar bilan jihozlangan.
Biroq shuni ta’kidlash kerakki, ekologik standartlarni qo‘llash nafaqat avtomobil ishlab chiqaruvchilardan, balki avtomobil sohiblarining o‘zlaridan ham sa’y-harakatlarni talab qiladi. Avtomobilingizning holatini kuzatish, texnik xizmat ko‘rsatilishdan muntazam ravishda o‘tkazish va yuqori sifatli yoqilg‘idan foydalanish o‘ta muhimdir.
Shunday qilib, Euro 5 va Euro 6 ekologik standartlari atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashning ajralmas qismidir. Ular barchamiz uchun tozaroq va sog‘lom kelajak yaratishga yordamlashadilar. Shuning uchun, avtomobil tanlashda, uning ushbu standartlarga muvofiqligiga e’tibor qaratishni unutmang.
Chery Uzbekistan dilerlik markazlari mavjud avtomobil modellarini sinash uchun noyob imkoniyatni taqdim etadilar! Test-drayv o‘tkazish uchun talabnomani o‘zingizga qulay bo‘lgan usulda: ishonch tezkor axborot liniyasi telefon raqami orqali yoki veb-saytdagi shaklni to‘ldirish yoki Telegram boti orqali qoldirish kifoya.
Chery Uzbekistan ning rasmiy sahifalari:
Website | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube
Tezkor aloqa liniyasi: +998 71 276 55 55
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
-
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Jahon | 00:11
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
Mavzuga oid

17:00 / 17.04.2025
Chery Uzbekistan’dan barcha Tiggo avtomobillariga 0% bo‘lib to‘lash imkoniyati - 36 oygacha

17:00 / 24.12.2024
Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi

19:00 / 31.10.2024
Kelajak uchun texnologiyalar: Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday bo‘lib o‘tdi?

17:00 / 13.06.2024