Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli sharhlovchi Vasiliy Utkin vafot etdi
Uning sog‘ligida muammolar bor edi - yuragi xasta bo‘lgan.

Foto: Getty Images
Rossiyalik taniqli sharhlovchi, jurnalist va «Egrisi» futbol klubi egasi Vasiliy Utkin 52 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov o‘z telegram-kanalida xabar bergan.
«Yuragiga nimadir bo‘libdi. Qo‘rqinchli!» — deya yozgan Karpov.
Baza ma’lumotiga ko‘ra, 19 mart kuni Utkin shoshilinch ravishda Moskvadagi Pirogov nomidagi shifoxonaning kardiologiya bo‘limiga olib ketilgan. Shifokorlar unga o‘tkir qon-tomir yetishmovchiligi tashxisini qo‘yishgan. Jurnalistni sun’iy nafas oldirish apparatiga ulashgan, ammo reanimatsiya harakatlari samara bermagan. O‘limning dastlabki sababi sifatida o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi keltirilgan.
Vasiliy Utkin 1972 yil 6 martda Balashixada tug‘ilgan. Moskva pedagogika davlat universitetida filologiya fakultetini tamomlagan.
Utkin 1990-yillar o‘rtalarida NTV va «NTV-Plyus» kanallarida futbol sharhlovchisi, jurnalist va «Futbol klubi» ko‘rsatuvi teleboshlovchisi sifatida shuhrat qozongandi. 2010 yil 1 sentabrdan 2015 yil 31 avgustiga qadar Utkin «NTV-Plyus» sport kanallarida bosh muharrir lavozimida ishlagan. Shuningdek, «Match TV» va Eurosport telekanallarida faoliyat ko‘rsatgan.
2018 yil iyunda Utkin «Futbol klubi» dasturini YouTube’dagi mualliflik kanalida qayta tiklagandi.
«TEFI» 2004 va 2005 yillarda «Eng yaxshi sport sharhlovchisi» nominatsiyasida «TEFI» mukofoti laureati bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekiston | 11:29
-
Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:16
-
Kiyevdagi namoyishlarning 4-kuni: aksiyalar ko‘lami kamaymoqda
Jahon | 11:14
Mavzuga oid

11:08 / 30.06.2020
«Endi barcha kabi oddiy». Utkin «Liverpul» va uning muxlislari haqida

21:16 / 23.07.2018
Utkin: «Ermatov menga sovg‘a berib yuboribdi»

09:43 / 14.05.2017
Vasiliy Utkin televideniyedagi faoliyatini yakunladi

17:48 / 13.11.2016