Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meteorologlar 2023 yil ko‘rsatkichlarini butun dunyo uchun «qizil signal» deb atadi
Global iqlim holati to‘g‘risidagi hisobot 2023 yil oldingi davrlarga nisbatan katta farq bilan rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lganini tasdiqlaydi.

Foto: Getty Images
2023 yilda issiqxona gazlari, Yer yuzasi harorati, okeanning issiqligi va kislotalanishi, dengiz sathining ko‘tarilishi, Antarktika dengiz muzining yo‘qolishi va muzliklarning chekinishi bo‘yicha rekordlar yangilandi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) hisobotida aytiladi.
Global iqlim holati to‘g‘risidagi hisobot 2023 yil oldingi davrlarga nisbatan katta farq bilan rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lganini tasdiqlaydi.
«Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvi tomonidan belgilangan 1,5°S past chegarasiga vaqtincha bo‘lsa ham juda yaqinlashdik... JMT hamjamiyati dunyoga «qizil signal» yubormoqda», dedi JMT bosh kotibi Selesta Saulo.
2023 yilda o‘rtacha bir kunda dunyo okeanining qariyb uchdan bir qismini dengiz issiq to‘lqini qamrab oldi va bu hayotiy muhim ekologik va oziq-ovqat tizimlariga ta’sir ko‘rsatdi. 2023 yil oxiriga kelib, okean yuzasining 90 foizidan ortig‘i yil davomida issiqlik to‘lqinlaridan ta’sirlangan.
Dastlabki ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, global referent muzliklar to‘plami Shimoliy Amerika va Yevropaning g‘arbiy qismida haddan tashqari erish oqibatida rekord darajadagi muz yo‘qotilishiga olib kelgan. Antarktika dengiz muzlari miqdori rekord darajada pasaygan.
Shunga qaramay, 2023 yilda qayta tiklanadigan energiya quvvatlarining o‘sishi 2022 yilga nisbatan qariyb 50 foizga oshdi va jami 510 Gigavattni tashkil etdi. Bu so‘nggi yigirma yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2024 yilning dastlabki oylari ma’lumotlariga qaraganda, olimlar ko‘rsatgan tendensiyalar davom etadi. Copernicus Yevropa iqlim xizmati ekspertlarining fikriga ko‘ra, fevral dunyodagi eng issiq oy bo‘lgan.
Fevral oyida sayyoradagi o‘rtacha harorat Tselsiy bo‘yicha plyus 13 darajadan oshdi. Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu ketma-ket to‘qqizinchi marta rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

21:40 / 24.07.2025
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri

15:33 / 24.07.2025
Daraxtlar kesilishi sizga qanday ta’sir qilyapti? Ijtimoiy so‘rov

15:26 / 24.07.2025