Samarqandda 3 kishiga haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab qo‘riqchisi ushlandi
Uch nafar fuqaroning haydovchilik guvohnomasi muqaddam spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun bekor qilingan bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, Samarqand viloyatida xususiy avtomaktab yo‘riqchisi 44 yoshli U.O. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali imtihonsiz haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda U.O. fuqarolardan bu “xizmati” evaziga 750 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar fuqaroning haydovchilik guvohnomasi muqaddam spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun bekor qilingan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025