Perfectum xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi
“Rubicon Wireless Communication” MChJning 100 foiz ulushi tadbirkor Abdumalik Valijonovich Iminovga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Perfectum
Perfectum uyali aloqa operatori xususiylashtirilgan. Bunga “Pik skartarisa” Telegram-kanali muallifi Timurmalik Elmurodov e’tibor qaratdi.
Korxona va tashkilotlar reyestriga ko‘ra, bugun, 15 mart holatiga (9 yanvar holatida ham shunday bo‘lgan), Perfectum operatorining yuridik shaxsi – “Rubicon Wireless Communication” MChJning 100 foiz ulushi Abdumalik Valijonovich Iminovga o‘tgan. Kompaniya rahbari – Dmitriy Shukov.
Perfectum kompaniyasi xususiylashtirilishi 2020 yil 27 oktyabrdagi prezident qarorida belgilangan, kompaniya avvaliga investitsiyaviy jozibadorligini oshirib, keyin sotiladigan davlat aktivlari ro‘yxatiga kiritilgandi. O‘sha vaqtda kompaniyaning 65 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, 35 foizi esa AQShda ro‘yxatdan o‘tgan “Amis Protrade International” kompaniyasiga qarashli edi.
Shundan keyin o‘tgan davr mobaynida Perfectum'dagi davlat ulushlarini sotish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinmadi, kompaniya xususiylashtirilgani haqida ham xabar berilmadi. Kun.uz bu borada Davaktivga so‘rov yubordi.
Perfectum rasmiy saytida kompaniya nomi 2023 yil 12 dekabrdan “RWC” MChJga o‘zgartirilgani ma’lum qilingan. 2023 yil kuzida oktyabrida kompaniya keng ko‘lamli transformatsiyani e’lon qilgan, rahbarlik lavozimiga Dmitriy Shukov tayinlangan edi, u muqaddam O‘zbekistonda Ms va Beeline aloqa operatorlarini ham boshqargan.
RWC'ning egasiga aylangan Abdumalik Iminov 2023 yil iyul oyi holatiga ikkita MChJda – “Ravnaq-Omad-Biznes” (savdoni tashkil qilish uchun maydonlarni ijaraga berish va boshqarish) va “Sirdaryo Ko`mir Invest”da (ixtisoslashmagan ulgurji savdo) ulushlarga ega bo‘lgan, keyinchalik ta’sischilar tarkibidan chiqqan.
Perfectum – sotilgani oxirgi haftalarda ma’lum bo‘lgan, lekin bu haqda rasmiy xabar berilmagan yirik davlat aktivlaridan uchinchisi bo‘ldi.
Avvalroq “O‘zbekneftgaz”ga tegishli benzin shoxobchalari va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi ham yopiq tarzda xususiylashtirilgani ma’lum bo‘lgandi. Bu aktivlarning yangi benefitsiari – sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Doniyor Komilov.
Davaktiv bu xususiylashtirish jarayonlari borasida hozirga qadar ma’lumot bermadi, agentlikka yuborilgan OAV savollari javobsiz qolmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa organlardan ham izoh bo‘lmadi.
- Shu tariqa, O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari bozorida xususiy operatorlar soni uchtaga yetgan: Beeline (“Unitel” MChJ), Humans (“Humans” MChJ) va Perfectum. Bu bozorda to‘liq davlatga qarashli Uzmobile (“O'zbektelekom” AK) va Mobiuz (“Universal Mobile Systems” MChJ) hamda davlat ishtirokidagi Ucell (“Coscom” MChJ) ham faoliyat yuritadi.
- Yuqorida qayd etilgan hujjat – prezidentning 2020 yil 27 oktyabrdagi qarorida Perfectum'dan tashqari Mobiuz aloqa operatori ham xususiylashtirilishi belgilangan. Davlat rahbarining 2022 yil 18 martdagi qarori bilan, Mobiuz'dagi davlat ulushini 2023 yil 1 aprelgacha sotish vazifasi topshirilgan. Bugun, 2024 yil 15 mart holatiga kompaniyaning 100 foiz ulushi Raqamlashtirish vazirligiga tegishli.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 13:42
-
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi
Jahon | 13:20
-
«Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi» – Yevropa vakillarining Eron bilan muzokaralari samarasiz yakunlandi
Jahon | 13:16
-
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin
O‘zbekiston | 13:09
Mavzuga oid

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi

15:33 / 03.06.2025