Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husiylar Hind okeanidagi kemalarga hujum qilish rejalarini e’lon qildi
Husiylar endi Afrika janubidagi Hind okeani va Yaxshi Umid burni orqali harakatlanayotgan kemalarga hujum qilish niyatida.

Foto: Getty Images
Yaman husiylarining «Ansorulloh» harakati Isroilga aloqador kemalarga qarshi harbiy amaliyotlar ko‘lamini kengaytirayotganini e’lon qildi.
Harakat matbuot kotibi Yahyo Sariya so‘zlariga ko‘ra, husiylar endi Afrika janubidagi Hind okeani va Yaxshi Umid burni orqali harakatlanayotgan kemalarga hujum qilish niyatida. Hutiylar allaqachon bir nechta dengiz raketalari va dronlari yordamida Hind okeanida Isroil va Amerikaning uchta kemasiga hujum qilgan.
«Yaman qurolli kuchlari Isroil kemalariga, shuningdek, Isroil bilan bog‘liq yoki Falastin portlariga yo‘l olgan kemalarga qarshi o‘z operatsiyalari ko‘lamini kengaytirib, ularni Hind okeani va Yaxshi Umid burni orqali ta’qib qilishni boshladi. Yaman qurolli kuchlari Qizil dengiz va Arab dengizi hamda Hind okeanida Isroil kemalariga to‘sqinlik qilishdan to‘xtamaydi», dedi Yahyo Sariya husiylarga tegishli Al-Masirah telekanali efirida.
Yaman husiylari 2023 yil noyabr oyida AQSh va Britaniya kemalariga, shuningdek, Isroil bilan bog‘liq kemalarga hujum qila boshladi. Ular o‘z harakatlarini Isroil bilan urushda HAMAS jangarilarini qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlagan. 2024 yil yanvar oyida Buyuk Britaniya va AQSh xalqaro koalitsiya ko‘magida Yamandagi husiy nishonlariga zarba berishni boshlagan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
Mavzuga oid

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

18:46 / 09.07.2025