Germaniya Ukrainada qurol ishlab chiqaruvchi to‘rtta zavodni ochmoqchi
Ukrainadagi urush Germaniya qurol sanoatining o‘sishiga yordam bergani ta’kidlanmoqda.

Foto: AFP
Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ukrainada kamida to‘rtta zavod ochish rejasini e’lon qildi. Konsern 2024 yilda qurol sotishdan rekord darajada daromad olishi bashorat qilinmoqda, deb yozdi France24.
Kompaniya so‘nggi oylarda o‘q-dorilar taqchilligidan qiynalayotgan Ukrainadagi zavodlar snaryadlar, jangovar mashinalar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi.
«Ukraina biz uchun muhim hamkorga aylandi va biz yiliga 2-3 milliard yevrogacha ehtimoliy daromadni ko‘zlayapmiz», dedi Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi urush Germaniya qurol sanoatining o‘sishiga yordam bergan.
Dyusseldorfda joylashgan, shuningdek, Leopard tanklari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan konsern o‘tgan yili rekord darajadagi 7,2 milliard yevro daromad oldi. 2024 yilda bu ko‘rsatkichni 10 milliard yevroga yetkazishni rejalashtirgan.
Fevral oyida Rheinmetall Ukraina kompaniyasi bilan mamlakatda artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Ukrainada kompaniya allaqachon harbiy texnikani ta’mirlash bo‘yicha qo‘shma korxonaga ega.
Yaqin kunlarda zavodning tamal toshi qo‘yiladi, uning aniq joylashuvi ma’lum qilinmagan.
Mavzuga oid

10:25 / 15.06.2025
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18 / 14.06.2025