Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda mast holda mashina boshqarib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
Marhum yigit oilasida yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan. Hodisadan biroz avval uni uylantirishgan va u farzand ko‘rishga ulgurmasdan halok bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr Sevimli TV
Surxondaryo viloyati Denov tumanida mast holda mashina boshqarib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 14 yanvar kuni 33 yoshli haydovchi o‘zi ishlayotgan xususiy firmaga tegishli mashinani mast holda Denov tumani hududida boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan skuter hamda yo‘l chetida to‘xtab turgan jigulini urib yuborgan.
Oqibatda skuterda ketayotgan yigit og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Denov tuman IIB tomonidan jinoyat ishining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Bundan bir necha kun oldin jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudida odam o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga tegishli ish ko‘rib chiqilgan.
Sudda haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan va 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan tashqari, u 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.
“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada yigitning otasi marhum o‘zining yagona o‘g‘li bo‘lganini, halok bo‘lishidan bir muddat avval uni uylantirib qo‘yganini va hali farzand ko‘rishga ham ulgurmaganini aytgan.
P.S. So‘nggi paytlarda turli faollar tomonidan mast holda mashina boshqarayotganlarga, mast holda mashina boshqarib, odamlarning o‘limiga yoki tan jarohati olishiga sababchi bo‘layotgan haydovchilarga keskinroq jazo choralarini joriy qilish haqida fikrlar bildirilmoqda. Biroq hozircha bunday fikrlar inobatga olinmayapti.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 07:11
-
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
Jahon | 07:09
-
«Sea Breeze Uzbekistan»da ekologik talablarga rioya etilmasa loyiha to‘xtatiladi - Hukumat qarori
O‘zbekiston | 07:02
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
Mavzuga oid

19:02 / 01.08.2025
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi

14:51 / 30.07.2025
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rlarni ovladi

12:45 / 25.07.2025
“Surxondaryoning “o‘pkasi” yonib ketyapti” – Sheroboddagi yong‘in davom etayotgani ma’lum bo‘ldi

23:11 / 23.07.2025