Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘alaba bog‘iga tutash hududda yangi yodgorlik barpo etiladi
Prezident tashabbusi bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga yondosh hududda «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik tashkil etiladi. Yodgorlik loyihasi bo‘yicha arxitektura ishlanmalari tanlovining g‘oliblari aniqlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Davlat rahbari ko‘rsatmasi bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tutash hududda «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik barpo etish vazifasi yuklatilgan edi, deya xabar bermoqda majmua matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan 2023 yilning 10 oktyabrida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Qahramonlar nomi barhayot» nomli yodgorlik majmuasi uchun arxitektura ishlanmalari tanlovi e’lon qilingan. Tanlovga taqdim qilingan loyihalar Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziriligi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar tomonidan baholanib, g‘oliblar aniqlandi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev so‘zga chiqib, loyihalar amaldagi shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga muvofiqligi, milliy arxitektura va elementlaridan foydalanilgani, tejamkor texnologiyalar qo‘llangani, landshaft va interer dizayni kabi bir necha talablar asosida saralanganini ta’kidladi.
O‘nga yaqin loyihalar orasida Shohruh O‘rozov va Akram Raupovning ijodiy ishi 764 ball to‘plab, mualliflar birinchi darajali diplom hamda 100 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Ikkinchi darajali diplom va 75 million so‘m pul mukofoti bilan Aleksandr Kuranov va Orifjon Jalalov, uchinchi darajali diplom va 50 million so‘m pul mukofoti bilan Alisher Boqiyev taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:33
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
Mavzuga oid

16:33 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi

14:31 / 04.06.2024
O‘zbekistonda monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

21:00 / 27.05.2024
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga bordi

08:25 / 21.05.2024