Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Gretsiya bosh vaziri bilan uchrashayotgan vaqtda Rossiya Odessani o‘qqa tutdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan Odessaga tashrifi vaqtida Rossiya qo‘shini shahar bo‘ylab raketa zarbasi yo‘llaganini tasdiqladi.

Foto: Reuters
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida halok bo‘lganlar bor.
«Biz bugun shunday zarbaga guvoh bo‘ldik. Siz kimga qarshi turganimizni ko‘rdingiz. Ularga qayerga zarba berishning farqi yo‘q, — degan Ukraina prezidenti Mitsotakis bilan qo‘shma matbuot anjumani vaqtida. — Hali barcha tafsilotlardan xabardor emasman, ammo qurbonlar va jarohatlanganlar borligini bilaman. Ularning yaqinlariga hamdardlik bildiraman».
Tongda Odessada havo trevogasi e’lon qilingan.
Protothema gazetasi Gretsiya hukumatidagi manbaga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, rossiyaliklar raketasi Zelenskiy turgan joy yaqinida qulagan. Mitsotakis esa zarba vaqtida raketa tushgan joydan 150 metr masofada bo‘lgan.
Zelenskiyning Mitsotakis bilan uchrashuvi reja bo‘yicha o‘tgan.
Ikki yetakchining matbuot anjumani xavfsizlik nuqtayi nazaridan jonli efirda translatsiya qilinmagan.
Matbuot anjumani chog‘ida Mitsotakis bo‘lib o‘tgan hodisani shunday tasvirlagan: «Bizga juda yaqin joyda sirenalar ovozi va portlashlarni eshitdik. Biz himoyalangan joyga borishga ham ulgurmadik. Bu juda yorqin tajriba bo‘ldi».
«Bunday iliq qabul uchun minnatdorchilik bildiraman, — deya qo‘shimcha qilgan bosh vazir. — Rossiyaning yaqinda ro‘y bergan jirkanch zarbasi tufayli chin dildan hamdardligimni bildiraman. Bugun Odessada bo‘lib, shaharni aylanib, larzaga tushdim. Bu vayrongarchilikning dahshatli manzarasi, boshqa tomondan esa — ukrainlarning yengilmasligi va jasorati ifodasidir».
Mitsotakisning Odessaga tashrifi haqida oldindan rasman anons qilinmagandi.
Seshanba kuni kechqurun va chorshanbaga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Ukraina hududi bo‘ylab, jumladan Odessa yo‘nalishida zarbdor dronlar uchirgandi. Mahalliy rasmiylar Odessa rayonida urib tushirilgan dron parchalari tushishi oqibatida dam olish maskani, gaz quvuri, xususiy sektordagi turar joy binosi shikastlangani haqida xabar bergan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025