Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizil dengizda global Internet kabellari uzib tashlandi
Bu dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlar, provayderlar va xizmatlar ishidagi ommaviy uzilishlar sababi bo‘lishi mumkin.

Foto: AP
Qizil dengiz orqali Yevropa, Osiyo va Afrikani bog‘lovchi hamda global internet va telekommunikatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi 15 ta dengiz osti telekommunikatsiya kabelidan to‘rttasi uzib tashlandi.
Bular Asia-Africa-Europe 1, Europe India Gateway, Seacom va TGN liniyalari bo‘lib, mintaqadagi trafikning 25 foizi ular hissasiga to‘g‘ri keladi, deb xabar berdi Hongkongning HGC Global Communications Limited kompaniyasi.
«Osiyodan keladigan trafikning qariyb 15 foizi g‘arbga yo‘nalgan bo‘lsa, bu trafikning 80 foizi Qizil dengizdagi ushbu suv osti kabellari orqali o‘tadi», deyiladi HGC bayonotida.
Kompaniya oqibatlarni yumshatish bo‘yicha choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi. Jumladan, muammoga duch kelgan yo‘nalishlarni o‘zgartirish uchun diversifikatsiya qilinadi. Ular shimoliy yo‘nalish (Hongkong - Xitoy - Yevropa) va sharqiy yo‘nalish (Hongkong - AQSh — Yevropa). G‘arbiy yo‘nalishga kelsak, kompaniya Qizil dengizdagi zararlanmagan 11 ta kabel tizimi doirasida trafikni diversifikatsiya qilmoqda.
«Dastlabki tahlillar shuni ko‘rsatdiki, shikastlangan kabel segmentlari Yaman yurisdiksiyasi ostidagi Qizil dengizning janubida joylashgan», deyiladi HGC xabarida.
Sky News xabariga ko‘ra, Yamandagi husiychilar Qizil dengizdagi kabellarning uzib tashlanishiga aloqadorligini inkor qilib, bunda AQSh va Britaniyani ayblamoqda.
5 mart kuni davomida dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlar, provayderlar va xizmatlar ishida global uzilish yuz berdi. Facebook, Instagram, YouTube, WhatsApp, TikTok va boshqa ko‘plab platvormalar ishlamay qoldi. Uzilishning ehtimoliy sabablari orasida Qizil dengizdagi Internet kabellarining shikastlanishi ham bor.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

07:57 / 10.07.2025
Germaniya Xitoyni Qizil dengizdagi lazer hujumida aybladi

18:46 / 09.07.2025
Yaman sohillarida hujumga uchragan kema cho‘kib ketdi

13:55 / 07.07.2025
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

16:07 / 06.07.2025