Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilgi Navro‘z bayramida umumxalq sayillari va hasharlari, xayriya tadbirlari o‘tkaziladi
«2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.

Qayd qilinishicha, bayram «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» bosh g‘oyasi asosida umumxalq sayillari shaklida o‘tkaziladi.
Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlar uchun dasturxonlar tashkil etiladi hamda turli xayriya tadbirlari amalga oshiriladi.
Navro‘z bayrami arafasida barcha hududlarida, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab teatrlashtirilgan konsert tomoshasi o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda umumxalq sayillari uyushtiriladi. Unga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk san’ati vakillari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlari jalb etiladi.
Bayram tadbirlari Toshkent shahrida – respublika budjeti va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Buxoroda sifatsiz g‘isht ishlatilgan qurilish buzib tashlandi
Ko‘chmas mulk | 13:07
-
Soxta "dacha" e’lonlari orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 12:58
-
Tramp Shotlandiyada: shamol turbinalari va migratsiya Yevropaga tahdid solmoqda
Jahon | 12:56
Mavzuga oid

12:33 / 22.03.2025
Diplomatlar o‘zbek xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi

17:58 / 21.03.2025
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?

10:33 / 21.03.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

23:41 / 20.03.2025