Ummon O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Oman Flour Mills SAOG davlat kompaniyasi direktori, Atyab Investmens kompaniyasi prezidenti Haysam al-Fanna bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar xususida fikr almashildi.
Ummon vakili O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni hisobga olib, yangi loyihalarda ishtirok etish niyatini bildirdi. Xususan, u O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish, shuningdek, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash uchun uskunalar yetkazib berish takliflarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ummonlik tadbirkorning joriy yilning mart oyida O‘zbekistonga xizmat safari uyushtirish va uning davomida rejalashtirilgan yangi sarmoyaviy loyihalarni mamlakat tegishli tashkilotlari vakillari ishtirokida muhokama qilish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

13:08 / 24.02.2025
Polsha yuqori sifatli meva-sabzavot urug‘larini sinov tariqasida O‘zbekistonda yetishtiradi

16:21 / 24.01.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi mumkin

13:03 / 18.01.2025
Ummon va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha korxona ta’sis etadi

14:51 / 13.01.2025