Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rtko‘lda sudyaga 10 ming dollar pora bergan advokat qo‘lga olindi
U pulni giyohvand modda savdosida ayblanayotgan sudlanuvchiga yengillik qilib berish evaziga sudyaga berganda tezkor tadbirda ushlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida advokat sudyaga pora berayotganida qo‘lga olingan. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya. tomonidan sudyaga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati bo‘yicha ma’lumotlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan 2024 yilning 29 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda advokat Z.Ya. sudyaga pora berayotganda qo‘lga olingan.
Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq advokat Samarqandda advokat fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanishini o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qilib berishni aytib, buning evaziga 600 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:40 / 21.07.2025
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari ishida - pora bo‘yicha yana 2 ta epizod

12:29 / 18.07.2025
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

13:03 / 16.07.2025
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

07:28 / 16.07.2025