Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» bilan emas, «Zeromax» bilan shartnoma tuzilgan edi» - Murod Aliyev Rivaldo va Denilsondan qarzdorlik masalasi haqida
«Bunyodkor» direktori Murod Aliyev klubning Rivaldo va Denilsondan qarzdorligi, uni hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan OAV xodimlarining savollariga javob berdi.
«Bunyodkor» bilan bog‘liq vaziyat ko‘pchillikka ma’lum. O‘sha paytda «Zeromax» bilan shartnoma bo‘lgandi. Lekin shu davrgacha cho‘zilib keldi.
Rivaldoning yuristlari bilan muzokara olib boryapmiz. Kelishuvga erishishga harakat qilamiz. Klubga imkon qadar zarar bo‘lmaydigan yo‘llarni ko‘rib chiqamiz. «Zeromax» rahbariyatiga ham murojat qilindi — o‘shanda vaziyat qanday bo‘lgandi deb.
— «Bunyodkor» apellyatsiya berishga kechikdimi?
— Bu 10 yildan ortiq vaqt davomida cho‘zilib kelgan narsa edi. Rossiyalik yurist jalb qilingandi. Faqatgina muzokara qilishimiz mumkin edi.
— «Chilonzor City» loyihasiga «Bunyodkor» akademiyasining ma’lum qismi ham kiritilgan ekan? Bu xavotirli emasmi?
— Hozircha bu masala ochiq turibdi. "Bo‘sh avtoturargohdan" deyilgan joyi bor edi. Nima qurilishiga bog‘liq. Akademiyaga foydasi bormi yoki yo‘q? Bu bo‘yicha rahbariyat bilan ishlanadi. U loyiha hozircha to‘xtab turibdi.
— Qarzdorlik qaysi mablag‘lardan kelib chiqib qoplanadi?
— «O‘zbekneftgaz» — bizning rahbarimiz. Bu masalani ular hal qilishadi.
— Rivaldo bilan kelishuvda aynan nima ilgari surilmoqda?
— O‘sha paytda «Bunyodkor» bilan emas, «Zeromax» bilan shartnoma tuzilgan. Bu masala yuzasidan ishlar olib borilyapti.
— Qarzni qoplash «O‘zbekneftgaz» zimmasidami?
— Buni ham yuristlar bilan har taraflama ko‘rib chiqyapmiz.
— Qarzdorlik taxminan 9,5 million yevro deyishdi. Bu «Bunyodkor»ning necha yillik budjetiga teng?
— 2-3 yillik. Eslatib o‘taman, bu yakuniy qiymat emas. Muzokaralar davom etyapti.
— «Bunyodkor»ning boshqa legionerlardan ham qarzdorligi bormi?
— Yo‘q. Faqat shu. Agar qarzdorlik bo‘lsa, PFL va O‘FA chempionatga qo‘ymasdi. Rivaldo va Denilson ishi cho‘zilgani uchun endi chiqib keldi. Bu jarayon hozirgi rahbariyatdan birinchi marotaba bo‘lishi», — deya Murod Aliyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi
Jamiyat | 11:00
-
Dpa: Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi
Jahon | 10:59
-
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi

08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi

21:00 / 02.03.2024